WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

"VETERINARIYA DIAGNOSTIKASI VA TERAPIYASINING DOLZARB MUAMMOLARI, ULARNING YECHIMLARI VA ISTIQBOLDAGI VAZIFALAR" MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

Samarqand davlat veterinariya mediTsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar

universiteti

Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi dotsenti M.B.Safarov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan

"VETERINARIYA DIAGNOSTIKASI VA TERAPIYASINING DOLZARB MUAMMOLARI, ULARNING YECHIMLARI VA ISTIQBOLDAGI VAZIFALAR

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

4-5 oktyabr 

AXBOROT XATI


Samarqand-2024

Qadrli hamkasblar !

2024-yil 4-5 oktyabr kunlari Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Ichki yuqumsiz kasaliklar kafedrasida dotsent M.B.Safarov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan "Veterinariya diagnostikasi va terapiyasining dolzarb muammolari, ularning yechimlari va istiqboldagi vazifalar" mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Konferensiyada veterinariya diagnostikasi va terapiyasiga oid mavjud muaommolar, erishilgan yutuqlar va istiqboldagi dolzarb vazifalar muhokama qilinadi.

Anjumanning ishchi tillari: oʻzbek, rus va ingliz tillari.

Anjuman materiallarini tayyorlashga talablar: Materiallar 3-4 bet hajmdan kam boʻlmagan A4 formatda, 1 interval oraligʻida, har tomondan 2 sm joy qoldirilib, kompyuterning Microsoft Word (97-2003.doc) muharririning Times New Roman 14 oʻlchamli shriftida tayyorlanishi lozim.

Ma’ruza materiallari (maqola) quyidagicha rasmiylashtiriladi:

UDK: (yuqori chap tomonda).

Mavzu bosh harflarda.

Muallif(lar)ning familiyasi, ism, sharifi (ism-sharifi qisqartirilgan holda).

Ish joyi (tashkilot nomi) kichik harflarda toʻliq koʻrsatiladi.

Annotatsiya (резюме) - maqolaning qisqacha mazmuni 100-120 soʻz hajmda kursiv harflarda keltiriladi (annotatsiya oʻzbek, rus va ingliz tillarida beriladi).

Kalit soʻzlar (6-10 soʻz).

Asosiy matn quyidagi qismlardan iborat boʻladi:

Kirish (введение).

Material va metodlar (материалы и методы).

Natijalar va ularning tahlili (результаты и обсуждения).

Xulosalar (выводы).

Foydalanilgan adabiyotlar (использо-ванная литература).

Maqolalar OAK ro‘yxatiga kiritilgan “VETERINARIYА MEDITSINASI” jurnalining maxsus soni sifatida chop ettiriladi. Maqola uchun to‘lov miqdori 100 ming so‘m.

Maqolalar 2024-yil 1-oktyabrgacha tashkiliy qoʻmita (e-mail: nbolliyevich@gmail.com)ga taqdim etiladi. Ekspertizadan oʻtmagan, koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmagan materiallar toʻplamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.

Ilmiy ishning mazmuni va sifatiga muallif mas’ul.

Konferensiya raisi: Ichki yuqumsiz kasalliklar” kafedrasi mudiri, v.f.n., dotsent N.B.Roʻziqulov.

Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun manzil: Samarqand shahar, M.Ulugʻbek koʻchasi, 77-uy, SamDVMChBU, 3-bino, 3-qavat, 372-xona.

Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

Roʻziqulov Nuriddin Bolliyevich

Raxmonov Umid Azamatovich

Botirova Shoxista

Murojaat uchun telefonlar:

+998 (90) 224-25-41

+998 (93) 353-67-47

+998 (94) 471-78-72