Yoshlarga tаbrik

Mamlakatimizda yoshlar masalasi har doim davlat siyosati darajasidagi muhim masala bo‘lib kelgan. So‘nggi yillarda yosh yigit-qizlarimiz uchun yaratilayotgan keng ko‘lamdagi imkoniyat va shart-sharoitlar, ularning o‘qib-o‘rganishlari, qizg‘in faoliyat ko‘rsatishlari uchun qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik nafaqat yurtdoshlarimiz, balki dunyo hamjamiyatini ham o‘ziga jalb etayotir. Iqtidorli talaba - yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish uchun har bir hududda zarur shart-sharoitlar muhayyo qilinmoqda.

 

"Yurtimizda bayramlar ko‘p, lekin yoshlarga bag‘ishlangan alohida bayram yo‘q. Bugun shu masalani ham hal etadigan vaqt keldi, - degandi bundan bir necha yil muqaddam, ya’ni 2017 yilda O‘zbekiston Prezidenti "Kamolot" qurultoyida. Shundan so‘ng, "O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan kun – 30 iyun sanasi mamlakatimizda Yoshlar kuni deb e’lon qilindi va har yili bayram sifatida nishonlanadigan bo‘ldi.

"Haqiqatan ham, biz, ota-onalar, ustoz va murabbiylar sizlarni, butun O‘zbekiston yoshlarini Vatanimiz, jamiyatimizning hal qiluvchi kuchi deb bilamiz va sizlar hamisha xalqimizning mana shunday yuksak ishonchiga munosib bo‘lasiz, deb ishonamiz. 30-iyun — "Yoshlar kuni" bilan Yangi O‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan barcha yoshlarni samimiy muborakbod etaman.Shu muqaddas zaminni asrab-avaylash, mehnatkash xalqimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishda Sizga suyanamiz!

Ya’ni, Siz yoshlarga kelajakda o‘z sohangiz bo‘yicha yetuk kadrlar - Veterinar biotexnolog, zootexnik va boshqa sohalarda yurtimizni dunyoning taraqqiy etgan davlatlari qatoriga olib chiqishdek nihoyatda sharafli ishda ishonishimizni, suyanishimizni ta’kidlab, mana shu mas’uliyatli vazifani sidqidildan ado etishda barcha yigit - qizlarga kuch-quvvat, ulkan zafarlar tilayman!

Kelajakdagi faoliyatingizga, o‘qishlaringizga  faqat va faqat  omad va zafarlar yor bo‘lsin! Yana bir bor, 30 iyun - Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

 

 

Hurmat bilan,

 

Xudaynazar YUNUSOV,

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,

 chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor.

LTR RTL