Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining 60 nafar rahbarlik va liderlik qobilyatiga ega boʻlgan iqtidorli bitiruvchi yoshlari Samarqand viloyat hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari B. Rahmatullayev ishtirokida oʻtkazilgan davra suhbatida Samarqand viloyat hokimligining istiqbolli kadrlar zaxirasiga tanlab olindi.
- Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad oʻz yoʻnalishida kuchli bilim va salohiyatga ega boʻlgan bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash, ularni davlat boshqaruvining turli sohalarida faoliyat olib borishga jalb qilishdan iborat, - dedi tadbirni kirish soʻzi bilan ochib bergan Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor A.Gapparov.
Uchrashuvda Samarqand viloyat hokimligi tashkiliy kadrlar guruhi rahbari Bekzod Rahmatullayev yetuk salohiyatga ega boʻlgan sifatli kadrlarni yetishtirish davrning asosiy talabi ekanligini taʼkidlab, bugungi zamon talabiga javob beradigan, chuqur bilim va salohiyat egasi boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshish, iqtisodiyot va xalq xoʻjaligi tarmoqlarini jahon standartlari asosida rivojlantirishda muhim ekanligini takidlab oʻtdi.
Shuningdek, B.Rahmatullayev 2020-yildan istiqbolli kadrlar zahirasiga 1809 nafar kadrlar tanlab olinib, ularning 848 nafari davlat idoralarida ishlayotgani, 408 nafari xususiy sektorlarda faoliyat yuritayotgani, 252 nafari esa ilmiy ishlar bilan shugʻullanayotganini taʼkidladi.
Uchrashuvda
Samarqand viloyat hokimligi tashkiliy kadrlar guruhi rahbari Bekzod
Rahmatullayev hamda Samarqand shahar hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari
Akbar Qodirov har bir iqtidorli talaba bilan alohida suhbatlashdi. Ularning takliflari, kelgusidagi rejalari bilan
qiziqib, tegishli koʻrsatma va takliflarini berdi.
2022-05-13
2022-05-12
2022-05-17
2022-05-05