WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETIDA “MILLIY QADRIYATLAR SAYLI” KO‘TARINKI RUHDA O‘TKAZILDI




Universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov boshchiligidagi festival ishtirokchilari dastlab milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimiz yorqin namoyon etilgan rang-barang ko‘rgazma asarlari bilan yaqindan tanishishdi.

Bir yonda bir-biridan totli milliy taomlarning yoqimli tafti, yana bir yonda egnida atlasu adraslarda o‘zbekona iffat ila salom berayotgan talaba-qizlar, ayniqsa, milliy qadriyatlarimiz yo‘g‘rilgan o‘lanu laparlarning jarangi tadbirga yanada ko‘tarinkilik ulashdi.

- Festivalni tashkil etishdan asosiy maqsad jonajon yurtimiz milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an’analarini asrab-avaylash, keng targ‘ib qilish hamda xalqimizning azaliy va boqiy merosi bilan yoshlarimizni yaqinroq tanishtirishdan iborat, - dedi festivalda ishtirok etgan universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov.

Xalq sayli ko‘rinishiga ega festivalda milliy sport musobaqalari, milliy xalq o‘yinlari, milliy kiyimlar va milliy taomlar ko‘rgazmasi, milliy rasm-rusumlar namoyishi tashkil etildi.