XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
QISHLOQ XO‘JALIGINI BARQAROR
RIVOJLANTIRISHDAGI MUAMMOLAR, INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA ISTIQBOLDAGI VAZIFALAR
Anjumanning
maqsadi: Qishloq xo‘jaligini barqaror
rivojlantirishdagi muammolar, innovatsion texnologiyalar va istiqboldagi vazifalarni belgilash, qishloq xo‘jaligida ekologik toza mahsulotlarni
ishlab chiqishda yuqori samarali agrotexnologiylarni qo‘llash, texnologik
jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish,
mahsulot sifati va ekinlar hosildorligini oshirish muammolari, ularning yechimlari,
ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari bo‘yicha ishlab chiqarishga tadbig‘iga
bag‘ishlangan.
Fermer xo‘jaliklari, klasterlar, chorvachilikka
ixtisoslashgan xo‘jaliklarda sifatli, ekologik toza mahsulotlar etishtirish, ishlab
chiqarishni mexanizatsiyalashtirish imkoniyatlari, mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga
imkon beradigan takomillashgan agrotexnologiyalar, yangi ozuqabob ekinlarini etishtirish
bo‘yicha fanning eng so‘nggi yutuqlari asosida tavsiyanoma ishlab chiqiladi va amaliyotga
tadbiq etiladi.
Konferensiyaga
qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish, agronomiya, chorvachilik,
veterinariya (dorivor va zaharli o‘simliklar), ushbu sohalar iqtisodiyoti,
buxgalteriyasi, qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish,
dastlabki ishlov berish va saqlash texnologiylari bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi.
Anjumanda
muloqot, maqolalarni qabul qilish hamda to‘plamlarni chop
etishda o‘zbek, rus va ingliz tillaridan
foydalaniladi.
Anjuman an’anaviy
(oflayn) hamda masofaviy (onlayn) tarzda o‘tkaziladi.
Asosiy sanalar:
Maqolalarni qabul qilish - 2024 yil 15
maygacha;
Qabul qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot berish – qabul qilingandan so‘ng
3 kun davomida;
Qayta to‘g‘rilangan maqolalarni qabul qilish - 2024 yil 18 maygacha;
Anjuman o‘tkaziladigan sana – 2024 yil
22-23 may.
TASHKILIY QO‘MITA
MANZILI:
Samarqand davlat
veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti,
M.Ulug’bek ko‘chasi, 77-uy,
Samarqand shahar, Samarqand viloyati, O‘zbekiston Respublikasi
Telefonlar: (+
998 97) 287 86 64; (+99893) 237-68-36
E-mail: sahobiddin87@mail.ru
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADA ISHTIROK ETISH TARTIBI
Ishtirok etish tartibi:
Anjumanda
ishtirok etish uchun 2024 yil 15 maygacha (shu kuni ham) talab bo‘yicha
rasmiylashtirilgan maqola, anjuman ishtirokchisi anketasini sahobiddin87@mail.ru elektron manzilga yoki +99893
237-68-36 raqamli telegramga jo‘natishi lozim. Fayl nomlari birinchi muallif familiyasi va sho‘ba raqami (masalan:
A.Yuldashev - maqola-1, A.Yuldashev - anketa) bilan nomlanishi kerak. Maqola
yuborilgandan 3 ish kuni ichida, maqolani qabul qilinganligi to‘g‘risida
anjuman materiali yuborilgan elektron pochtaga va maqola muallifi telefon
raqamiga ma’lumot yuboriladi. Talab darajasida rasmiylashtirilmagan hamda
ijobiy retsenziyadan o‘tmagan maqolalar QABUL QILINMAYDI.
Maqolalar OAK ro‘yxatiga
kiritilgan “AGRO VESTNIK” jurnalida maxsus soni
sifatida chop ettiriladi. Maqola uchun to‘lov miqdori 250 000 (Ikki yuz ellik ming) so‘m. To‘lovni quyidagi plastik kartalari orqali amalga oshirish
mumkin:
Humo 9860 0101 2540 0753 (Nurbaev Sakhobiddin).
Qabul qilingan maqola
mualliflari sho‘balar bo‘yicha “Anjuman Dasturi” da belgilangan vaqtda
oflayn/onlayn tarzda o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etishi ko‘zda tutiladi.
Anjuman natijalari
to‘plami UO‘K, BBK, ISBN indekslari beriladigan rasmiy nashr hisoblanadi.
To‘plam anjuman yakunlangandan 10 kun ichida Samarqand davlat
veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti veb saytiga ham (www.ssuv.uz) joylashtiriladi. Anjuman har bir
ishtirokchisiga Tashkiliy qo‘mita raisining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan
elektron sertifikat beriladi.
ANJUMAN MATERIALLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Dolzarbligi. Maqola yuqorida keltirilgan sho‘balarga
tegishli dolzarb mavzu bo‘yicha yozilishi va mustaqil tadqiqot natijalarini o‘z
ichiga olishi, shuningdek ilgari nashr etilmagan yoki boshqa nashrlarga bundan
keyin berilmasligi kerak.
Ma’suliyat va
javobgarlik. Mualliflar Tashkiliy
qo‘mitaga yuborayotgan materiallarining mazmuni va savodxonligi uchun
javobgardirlar. Shuning uchun puxta tayyorlash lozim.
Maqola hajmi - 5-8 bet
bo‘lishi, mualliflar soni 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi tavsiya etiladi.
Rasmiylashtirishga
qo‘yiladigan talablar:
Sahifa formati - A4 (210×297 mm); Chegaralar (yuqorigi, pastki, chap va o‘ng
tomonlar) - 20 mm; Shrifti - kegl 14; tipi - Times New Roman; Qator oralig‘i -
1,5; Sahifalar raqamlanmaydi. Matn originalligi -65%.
Maqolada ketma-ketlik
tartibi:
1. UO‘K. http://teacode.com/online/udc/ veb saytidan topish
mumkin.
2. Mualliflarning
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida
transliteratsiya asosida).
3. Ilmiy darajasi va
unvoni, ish yoki o‘qish joyi, shahri (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
4. Muallifning
elektron pochtasi.
5. Maqolaning sarlavhasi
(o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
6. Annotatsiya (100-150
belgi) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
7. Kalit so‘zlar (5-7
so‘z) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
8. Maqola matni.
9. Foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxati.
Maqola sarlavhasi,
annotatsiya va kalit so‘zlarni rus va ingliz tillariga tarjima qilishda Google
translate, Yandeks perevodchik, PROMT kabi tarjimonlardan foydalanishga ruxsat
etilmaydi.
Annotatsiya.
Maqolaning qisqacha mazmuni, shu jumladan
dolzarbligi, maqsadi, tadqiqot usuli va olingan natijalar.
Kalit
so‘zlar: maqoladagi eng muhim
bo‘lgan va tadqiqot mavzusi hamda sohasini aniqroq tavsiflovchi so‘zlar.
Rasmlar va jadvallar raqamlangan bo‘lishi, jadvallarning nomi
jadval tepasida o‘rtada rasmlarning nomi rasm pastki qismida o‘rta bo‘lishi
kerak.
Adabiyotlar
"Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:" nomi ostida GOST R 7.0.5-2008
ga muvofiq rasmiylashtiriladi. Matnda ro‘yxatda keltirilgan adabiyot raqami
to‘rtburchak qavs
ichida ko‘rsatiladi. Masalan: [2,1,4].
“Qishloq xo‘jaligini barqaror
rivojlantirishdagi muammolar, innovatsion texnologiyalar va istiqboldagi vazifalar”
mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanining
asosiy sho‘balari va ularga biriktirilgan mas’ullar
№ |
Sho‘ba nomi |
Mas’ullar |
1-sho‘ba |
Qishloq
xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish |
Sho‘ba raisi: Professor:
Ergashev I.T. Ilmiy kotib: t.f.f.d.,
Abdug‘aniyeva Sh.Z. |
2-sho‘ba |
O‘simliksunoslik
va o‘simliklarni yetishtirish
texnologiyasi |
Sho‘ba raisi: Professor: Xalilov N.X. Ilmiy kotiba: q.x.f.fd.,
Muminova. Z.K. |
3-sho‘ba |
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti |
Sho‘ba raisi: Professor: Alikulov A.I. Ilmiy kotib: i.f.f.d., Eshmurodov U. |
4-sho‘ba |
Qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish,
dastlabki ishlov berish va saqlash texnologiyasi |
Sho‘ba raisi: Professor: Xolmirzaev D. Ilmiy kotib: t.f.f.d., Yusupov Sh. |
5-sho‘ba |
Qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda
tuproq unumdorligini oshirish va o‘simliklarni himoya qilish |
Sho‘ba raisi: Profssor: Umurzoqov E.U. Ilmiy kotib: q.x.f.fd., v.b., dotsent O.Nazarov |
ANJUMAN ISHTIROKCHISI ANKETASI
04.05.2024 yil
|
1-muallif |
2-muallif |
3-muallif |
F.I.Sh. |
|
|
|
Ilmiy
unvoni va ilmiy darajasi |
|
|
|
Ish
joyi yoki o‘qish joyi, lavozimi |
|
|
|
Telefon
va elektron manzili |
|
|
|
Ma’ruza
turi (sho‘ba yig‘ilishida) |
|
|
|
Sho‘ba
yo‘nalishi |
|
|
|
Ma’ruza
mavzusi |
|
|
|
Sana: |
|
|
|
Imzo: |
|
|
|
Murojaat uchun telefonlar:
+998 97 287 86 64 A.Y.Xasilbekov
+998 93 237 68 36 S.A.Nurbayev