Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti bir guruh professor-oʻqituvchilari Rektor qabulida boʻlishdi

Universitetda M.Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Samarqand viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishlari boshqarmasi, Oʻzbekiston ekologik partiyasi Samarqand viloyat kengashi hamkorligida “Oʻzbekistonda yer va suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilish muammolari va ularning yechimlari” mazusida  seminar oʻtkazildi.



 

Unda ishtirok etgan M.Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetidan prof. RFFA akademigi L.Gafurova, prof. Yu. Kenjayev, dots. O.Ergasheva va kichik ilmiy xodim N.Paxradinovalar universitet rektori, professor X.Yunusov qabulida boʻlishib, universitetda olib borilayotgan oʻquv-ilmiy jarayonlar, ikki universitet oʻrtasidagi hamkorlik kabi masalalar yuzasidan suhbatlashishdi.



 

Shuningdek, Universitet rektori, professor X.Yunusov, Samarqand viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishlari boshqarmasi boʻlim boshligʻi T. Hoshimov, M.Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetidan prof. RFFA akademigi L.Gafurova, prof. Yu. Kenjayev, dots. O.Ergasheva va kichik ilmiy xodim N.Paxradinova hamda talabalar ishtirokida “Oʻzbekistonda yer va suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilish muammolari va ularning yechimlari” mavzusida seminar oʻtkazildi.



 

Seminarda maʼruzachilar “Oʻzbekistonda yer va suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilish muammolari va ularning yechimlari” mavzusida oʻz fikr-mulohazalarini bildirib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berishdi.







 

Shundan so‘ng rektori X.Yunusov universitetimizga tashrif buyurgan mehmonlarga universitet laboratoriyalari, rekonstruksiyadan chiqarilgan bosh bino, amaliy darslarni oʻtishga mo‘ljallangan vivariy bilan tanishtirdi, ilmiy-pedegogik kadrlar tayyorlash inkubatori-Mega loyiha doirasida olib borilayotgan tadqiqotlar haqida gapirib berdi.

 

LTR RTL