WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

CHORVACHILIK MAHSULOTLARIGA BO‘LGAN TALABNI QONDIRISHDA GENETIKA VA OZIQLANTIRISHNING GLOBAL VA MILLIY MUAMMOLARI


XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

 

CHORVACHILIK MAHSULOTLARIGA BO‘LGAN TALABNI QONDIRISHDA GENETIKA VA OZIQLANTIRISHNING:MUAMMOLARI VA SOHADA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR

Anjumanning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida, barcha turdagi hayvonlarni oziqlantirish va genafondini o‘rganish, ipakchilik va boshqa  chorvachilik sohasida ularni saqlash, oziqlantirish, naslchilik ishi olib borish, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha mavjud muammolar, yechimi, istiqboldagi vazifalar bo‘yicha bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlar tahlil qilinadi va ishlab chiqarishga istiqboldagi vazifalari belgilab beriladi.

Chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari, klasterlar va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalarida barcha turdagi hayvonlar genofondini o‘rganish, ipakchilik va boshqa  chorvachilik sohasida ularni oziqlantirish, saqlash, naslchilik ishi yuritish, ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha fanning so‘nggi yutuqlari asosida tavsiyanoma ishlab chiqiladi va ular fermerlarga, agroklasterlarga, xususiy aholidagi chorva mollarini boqadigan xo‘jaliklarga tarqatiladi. Konferensiyada Chorvachilik sohasida mahsuldor hayvonlar seleksiyasi va naslini yaxshilash, oziqlantirish, zoogigiyena, chorva mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi, biotexnologiyalar sohasida, veterinariya sanitariya ekspertiza, sifatli mahsulotlarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi.

Anjuman muloqot va maqolalarni qabul qilish hamda to‘plamlarni chop etishda o‘zbek, rus va ingliz tillaridan foydalaniladi.

Anjuman ananaviy (oflayn) hamda masofaviy (onlayn) tarzda o‘tkaziladi.

Asosiy sanalar:

Maqolalarni qabul qilish - 2024 yil 12 maygacha;

Qabul qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot berish – qabul qilingandan so‘ng
3 kun davomida;

Qayta to‘g‘rilangan maqolalarni qabul qilish - 2024 yil 15 maygacha;

Anjuman o‘tkaziladigan sana – 2024 yil 17-may.

 

TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti,

M.Ulug’bek ko‘chasi, 77-uy, Samarqand shahar, Samarqand viloyati, O‘zbekiston Respublikasi

Telefonlar: A.Xuseinova +998 97 925 28 76.  M.K.Sulеymаnova +998 90 504 24 46                     E-mail: zkhuzhamov@inbox.ru

 

XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADA ISHTIROK ETISH TARTIBI

Ishtirok etish tartibi:

Anjumanda ishtirok etish uchun 2024 yil 17 maygacha (shu kuni ham) talab bo‘yicha rasmiylashtirilgan maqola, anjuman ishtirokchisi anketasini zkhuzhamov@inbox.ru elektron manzilga yoki +998 90 504 24 46 raqamli telegramga jo‘natishi lozim. Fayl nomlari birinchi muallif familiyasi va sho‘ba raqami (masalan: Yuldashev Alijon Aliqulovich-maqola-2, Yuldashev Alijon Aliqulovich-anketa) bilan nomlanishi kerak. Maqola yuborilgandan 3 ish kuni ichida, maqolani qabul qilinganligi to‘g‘risida anjuman materiali yuborilgan elektron pochtaga va maqola muallifi telefon raqamiga ma’lumot yuboriladi. Talab darajasida rasmiylashtirilmagan hamda ijobiy retsenziyadan o‘tmagan maqolalar QABUL QILINMAYDI.

Maqolalar OAK ro‘yxatiga kiritilgan “CHORVACHILIK VA NASLCHILIK ISHI” jurnalida maxsus soni sifatida chop ettiriladi. Maqola uchun to‘lov miqdori 200 000 (ikki yuz ming) so‘m. To‘lovni quyidagi plastik kartasi orqali amalga oshirish mumkin:  Uzcard 8600042374861937 (Xujamov Jurabek Nayimovich). Maqola mualliflarimiz  tomonidan har bir maqola uchun to‘lov amalga oshirilgach kvitansiyasini tashlab berish so‘raladi.

Qabul qilingan maqola mualliflari sho‘balar bo‘yicha “Anjuman Dasturi” da belgilangan vaqtda oflayn/onlayn tarzda o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etishi ko‘zda tutiladi.

Anjuman natijalari to‘plami UO‘K, BBK, ISBN indekslari beriladigan rasmiy nashr hisoblanadi. To‘plam anjuman yakunlangandan 10 kun ichida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti veb saytiga ham (www.ssuv.uz) joylashtiriladi. Anjuman har bir ishtirokchisiga Tashkiliy qo‘mita raisining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan elektron sertifikat beriladi.

 

ANJUMAN MATERIALLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Dolzarbligi. Maqola yuqorida keltirilgan sho‘balarga tegishli dolzarb mavzu bo‘yicha yozilishi va mustaqil tadqiqot natijalarini o‘z ichiga olishi, shuningdek ilgari nashr etilmagan yoki boshqa nashrlarga bundan keyin berilmasligi kerak.

Ma’suliyat va javobgarlik. Mualliflar Tashkiliy qo‘mitaga yuborayotgan materiallarining mazmuni va savodxonligi uchun javobgardirlar. Shuning uchun puxta tayyorlash lozim.

Maqola hajmi - 3-5 bet bo‘lishi, mualliflar soni 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi tavsiya etiladi.

Rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar: Sahifa formati - A4 (210×297 mm); Chegaralar (yuqorigi, pastki, chap va o‘ng tomonlar) - 20 mm; Shrifti - kegl 14; tipi - Times New Roman; Qator oralig‘i - 1,5; Sahifalar raqamlanmaydi. Matn originalligi -65%.

Maqolada ketma-ketlik tartibi:

1. UO‘K. http://teacode.com/online/udc/ veb saytidan topish mumkin.

2. Mualliflarning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida transliteratsiya asosida).

3. Ilmiy darajasi va unvoni, ish yoki o‘qish joyi, shahri (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).

4. Muallifning elektron pochtasi.

5. Maqolaning sarlavhasi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).

6. Annotatsiya (100-150 belgi) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).

7. Kalit so‘zlar (5-7 so‘z) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).

8. Maqola matni.

9. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Maqola sarlavhasi, annotatsiya va kalit so‘zlarni rus va ingliz tillariga tarjima qilishda Google translate, Yandeks perevodchik, PROMT kabi tarjimonlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.

Annotatsiya. Maqolaning qisqacha mazmuni, shu jumladan dolzarbligi, maqsadi, tadqiqot usuli va olingan natijalar.

Kalit so‘zlar: maqoladagi eng muhim bo‘lgan va tadqiqot mavzusi hamda sohasini aniqroq tavsiflovchi so‘zlar.

Rasmlar va jadvallar raqamlangan bo‘lishi, jadvallarning nomi jadval tepasida o‘rtada rasmlarning nomi rasm pastki qismida o‘rta bo‘lishi kerak.

Adabiyotlar "Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:" nomi ostida GOST R 7.0.5-2008 ga muvofiq rasmiylashtiriladi. Matnda ro‘yxatda keltirilgan adabiyot raqami to‘rtburchak qavs ichida ko‘rsatiladi. Masalan: [2,1,4].

 

Chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirishda genetika va oziqlantirishning global va milliy muammolari mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanining asosiy sho‘balari va ularga biriktirilgan mas’ullar

 

Sho‘ba nomi

Mas’ullar

1-sho‘ba

Chorvachilik sohasida mahsuldor hayvonlar seleksiyasi va naslini yaxshilash, chorva mahsulotlarini yetishtirish sohalarini rivojlantirish istiqbollari

Sho‘ba raisi:

Dotsent J.N.Xujamov

Ilmiy kotiba:  M.K. Suleymanova

2-sho‘ba

Chorvachilik sohasida oziqlantirish, zoogigiyena, qayta ishlash texnologiyasi, veterinariya sanitariya ekspertiza, sifatli mahsulotlarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi jadallashtirish yo‘llari

Sho‘ba raisi:

Dotsent B.X.Djambilov

 Ilmiy kotiba: M.A.Xuseinova

 

ANJUMAN ISHTIROKCHISI ANKETASI

17.05.2024 yil

 

1-muallif

2-muallif

3-muallif

F.I.Sh.

 

 

 

Ilmiy unvoni va ilmiy darajasi

 

 

 

Ish joyi yoki o‘qish joyi, lavozimi

 

 

 

Telefon va elektron manzili

 

 

 

Ma’ruza turi (sho‘ba yig‘ilishida)

 

 

 

Sho‘ba yo‘nalishi

 

 

 

Ma’ruza mavzusi

 

 

 

Sana:

 

 

 

Imzo:

 

 

 

Murojaat uchun telefonlar:

  M.A.Xuseinova +998 97 925 28 76. 

M.K.Suleymanova +998 90 504 24 46