Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

SamDVMCHBU huzuridagi PKQTUMO tarmoq markazida yakuniy attestasiya bo‘lib o‘tdi

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • SamDVMCHBU huzuridagi PKQTUMO tarmoq markazida yakuniy attestasiya bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar

SamDVMCHBU huzuridagi PKQTUMO tarmoq markazida yakuniy attestasiya bo‘lib o‘tdi

SamDVMCHBU huzuridagi PKQTUMO tarmoq markazida yakuniy attestasiya bo‘lib o‘tdi

Universitet huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida  2024 yil 30-mart sanasida “Veterinariya meditsinasi” yo‘nalishida malaka oshirgan tinglovchilarning yakuniy attestasiya bitiruv ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

 

Attestasiya komessiyasi raysi, b.f.d.professor Yunusov Xudoynazar Beknazarovich yig‘ilish avvalida tinglovchilarga bitiruv ishi himoyasini o‘tkazish tartibi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalarni aytib o‘tdi.

Yakuniy attestasiya jarayonida tinglovchilar bir oylik malaka oshirish kursi   davomida, professor-o‘qituvchilardan olgan bilim va ko‘nikmalari asosida o‘z pedagogik mahoratini ko‘rsatib berdilar.

Bitiruv ishi himoyasi attestasiya komessiyasi raysi hamda a’zolari tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholab borildi.

Himoya qizg‘in savol javoblar bilan o‘tdi attestasiya komessiyasi tomonidan berilgan savollarga tinglovchilar aniq va ravon javob berdilar.

Muxokama qismida attestasiya komessiyasi a’zolari bitiruv ishi himoyasi yuzasidan o‘z fikirlarini aytib o‘tdilar.

Yig‘ilish sungida attestasiya komessiyasi raysi b.f.d.professor Yunusov Xudoynazar Beknazarovich so‘zga chiqib tinglovchilarga ayrim xato kamchiliklar borasida o‘z xulosalarini aytdilar va kelgusida kursatilgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.

 Attestasiya komessiyasi tomonidan bitiruv ishi himoyasi ijobiyi baholanib tinglovchilarga pedagogik faoliyatida ijodiy rivoj tiladilar.

PKQTUMO tarmoq markazi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita