Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

“MEGA LOYIHA" DA ILMIY-TADQIQOT ISHLARI APROBATSIYASI

Yangiliklar

“MEGA LOYIHA" DA ILMIY-TADQIQOT ISHLARI APROBATSIYASI

“MEGA LOYIHA" DA ILMIY-TADQIQOT ISHLARI APROBATSIYASI

Joriy yilning 20-mart kuni universitet vivareysida “Mega loyiha” doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari aprobatsiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda dastlab loyiha rahbari, b.f.d., professor X.B.Yunusovning 16.00.03 - “Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi” hamda 16.00.04 - “Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi, Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigiyenasi va veterinariya sanitariya ekspertizasi” ixtisosliklari bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasida veterinariya sohasi va chorvachilik tarmog‘i uchun yuqori ilmiy-amaliy malakali kadrlarni jadal tayyorlash” nomli veterinariya fanlari doktorligi (DSc) uchun yoziladigan dissertatsiyasi haqida so‘z yuritdi.

“Mega loyiha” doirasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va loyihalarni qo‘llab-quvvatlashdan asosiy maqsadimiz mamlakatimizda “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash g‘oyasi asosida ta’lim, veterinariya, biotexnologiya, chorvachilik va qishloq xo‘jaligida bilim hamda ilm-fan yutuqlari, innovasion ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etish, salohiyatiga ega yangi avlod kadrlarini shakllantirishdan iborat” ekanligini alohida takidladi.

Loyiha doirasida professor X.B.Yunusov rahbarligida veterinariya fanlari doktorligi (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan Veterinariya farmasevtikasi kafedrasi dotsenti A.A.Xoliqov 16.00.04-“Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi, Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigiyenasi va veterinariya sanitariya ekspertizasi” ixtisosligi bo‘yicha olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari natijalari bilan tanishtirdi.

Shuningdek, universitet mustaqil izlanuvchisi Sh.A.Chalaboyevning 16.00.04-“Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi, Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigiyenasi va veterinariya sanitariya ekspertizasi” ixtisosligi bo‘yicha “Miosta-H biostimulyatorining qorako‘l qo‘ylari serpushtligiga ta’siri” mavzusida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining aprobatsiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadqiqotchilarning olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari Aprobatsiya Komissiyasi a’zolari tomonidan atroflicha muhokama qilindi hamda kerakli taklif va tavsiyalar berildi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita