Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

XORIJIY TILLAR KAFEDRASIDA AMALIY OCHIQ DARS BO‘LIB O‘TDI!

Yangiliklar

XORIJIY TILLAR KAFEDRASIDA AMALIY OCHIQ DARS BO‘LIB O‘TDI!

XORIJIY TILLAR KAFEDRASIDA AMALIY OCHIQ DARS BO‘LIB O‘TDI!

     Joriy yilning 22-fevral kuni e’longa muvofiq 2-juftlik, 634-o‘quv xonasida Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi p.f.f.d., (PhD) F.P. Davronova tomonidan 102-Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida) guruhi talabalari bilan “Shopping. The Past Simple Tense” mavzusida amaliy ochiq dars o‘tkazildi. 
F.P. Davronova darsda “Aqliy hujum”, “SWOT”, “Klaster”, “Debat”, “B.B.B” kabi qator interfaol metodlardan o‘z o‘rnida maqsadli foydalanib, mavzuni talabalarga tushunturib berdi. Bundan tashqari reading, speaking, listening, writing kabi til ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ko‘rgazmalar, tarqatmalar, video va audio vositalaridan samarali foydalanildi. Bu esa o‘z navbatida talabalarning faolligini oshirishga xizmat qildi. 
Darsda “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogik xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq rais prof. B.Bakirov, S.Eshburiyev, J.Xo‘jamov, H.Urdushev, D.Yunusova kabi komissiya a’zolari, Xorijiy tillar kafedrasi mudiri G‘.Nizamov va barcha kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. 
Dars yakunida rais prof. B.Bakirov va prof. R.Ro‘ziqulovlar so‘zga chiqishdi va darsni yuqori saviyada tashkil qilinganligi va talabalarning faolligidan mamnun bo‘lganligini ta’kidlab o‘tishdi va F.P.Davronovaning kelgusi pedagogik faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab, ochiq darsini ommalashtirish taklifini bildirishdi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita