Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

SamDVMCHBU hamkorlari yana bittaga ko‘paydi

Yangiliklar

SamDVMCHBU hamkorlari yana bittaga ko‘paydi

SamDVMCHBU hamkorlari yana bittaga ko‘paydi

Ayni kunda Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti O‘quv ishlari prorektori, professor Abdug‘ani Elmurodov Polsha Respublikasida xizmat safarini o‘tamoqda. Maqsad SamDVMCHBUning xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va ilg‘or tajribalarni almashishdan iborat. Prorektorga universitet Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi, standartlashtirish va sertifikatlash kafedrasi mudiri, dotsent Sh.Ishniyazova hamrohlik qilmoqda.

Safar davomida Krakov qishloq xo‘jalik universiteti innovasion markazi (Polsha),  bilan hamkorlik Memorandumi imzolandi. Unda tomonlardan Krakov qishloq xo‘jalik universiteti innovasion markazi boshqarma boshlig‘i, professor Tomash Chex va universitet vakili - prorektor, professor Elmurodovlar ishtirok etishdi.

Memorandum shartlariga ko‘ra, ilmiy va amaliy hamkorlik - mavjud ta’lim yo‘nalishlariga muvofiq tomonlar qonunchiligida taqiqlanmagan axborot, nashrlar, ilmiy yutuqlar, ta’lim dasturlari bilan almashish;  ilmiy maqolalarni birgalikda nashr etish va konferensiyalar tashkil etish;  o‘quv mashg‘ulotlari, stajirovkalar, diplom va doktorlik dissertatsiyalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish maqsadida o‘qituvchilar almashinuvini tashkil etish; universitetdagi ijtimoiy-iqtisodiy muhitga amaliy yondashish maqsadida top-menejerlar almashinuvini tashkil etish;  talabalar va doktorantlarning akademik almashinuvini tashkil etish; o‘qituvchilar, talabalar va doktorantlarning amaliyot o‘tashlarini tashkil etish; qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, o‘quv-metodik materiallarni, shu jumladan masofaviy ta’limdan foydalangan holda metod va uslublarni ishlab chiqish; o‘qituvchilar va talabalar uchun amaliyot va kurslar kabi yo‘nalishlarda olib boriladi.

 

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita