Joriy yilning aprel oyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Bolgariya elchixonasining ishonchli vakili bilan O‘zbekiston va Bolgariya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida kelgusida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash borasida Memorandum imzolangan edi. Hujjatga asosan, har ikki mamlakat oliygohlari o‘rtasida grant dasturlarini amalga oshirish, stajirovkalar, qo‘shma ta’lim dasturlari, shuningdek O‘zbekistonda Bolgariya, Bolgariyada O‘zbekiston Universitetlarini tashkil etish nazarda tutilgan.
Universitetga Bolgariya xukumatining kichik va o‘rta biznesni qo‘llab - quvvatlash Assosiatsiyasi prezidenti Veselin Xalachev boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Mazkur assosiatsiya 3000 dan ziyod kompaniya va firmalarni birlashtiradi va Yevrokomissiya tarkibiga kiradi.
Bolgariya delegatsiyasi a’zolari professor Yunusov qabulida bo‘ldi va yaqin kelajakda universitet bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi tomonlar ishtirokida muhokama etildi.
Axborot xizmati
2022-05-13
2022-05-12
2022-05-17
2022-05-05