YAXSHILAR YODI UNUTILMAYDI

Universitetda professor Ro‘zi Hayitov xotirasiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Ilm-ma’rifatli, kamtar insonlar hayotimiz ko‘rki, ular ezgu fazilatlari bilan boshqalarga ibrat bo‘lib kelganlar. Shunday kishilar bo‘ladiki, ularni bilganlar faqat mehr, xurmat, extirom va minnatdorchilik tuyg‘ulari bilan esga oladilar. O‘zining umrini ilm-fan va yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlagan jonkuyar ustoz, mohir pedagog va kamtarin Ro‘zi Xayitovich Xayitov ana shunday ma’rifatli insonlardan biri edi. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida ilm-fan, ta’lim-tarbiya fidoyisi, mohir pedagog va tashkilotchi rahbar, aziz ustozimiz, veterinariya fanlari doktori, professor Haitov Ro‘zi Haitovich xotirasiga bag‘ishlangan “Veterinariya fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiyasining dolzarb muammolari va rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitet rektori, biologiya fanlari doktori, professor X.B.Yunusov ochib berdi.

Anjuman ishini universitet O‘quv - uslubiy boshqarma boshlig‘i Rahmatulla Ro‘ziqulov olib bordi. 1926 yilning 18 dekabrida Navoiy viloyati Karmana tumanining Jaloyir qishlog‘idagi dehqon xonadonida o‘g‘il farzand tug‘ildi. Taqdir taqozasi bilan Ro‘zi Xayitovich 6 yoshidan bolalar uyida tarbiyalandi. Tabiatan tirishqoq, abjir, hozirjavob o‘smir barcha fanlarni qunt va tashnalik bilan o‘rganib, o‘qituvilarining nazariga tushdi. Dastlab Samarqand shahridagi Zooveterinariya texnikumida, so‘ng Samarqand qishloq xo‘jalik institutida tahsil olgan iqtidorli olimning keyingi hayot yo‘llari shu institut bilan chambarchas bog‘landi. U o‘zining hayot yo‘lini, o‘zligini shu dargohdan topdi. U 16 yil davomida institut rektori bo‘ldi va o‘z faoliyati bilan ta’lim maskani tarixida o‘chmas iz qoldirdi.

Respublika ilmiy – amaliy anjumanida professor Ro‘zi Xaitovichning shogirdlari, safdoshlari, uni yaxshi tanigan kishilar ishtirok etishdi. 

Jumladan, u kishining ustozi Jo‘ra Kamolovich Saidovning farzandi, kimyo fanlari doktori Bahodir Jurayevich Saidov, u kishi uchun qadrdon bo‘lgan insonlardan biri, Samarqand Xalqaro texnologiyalar universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Abdullayev Yusuf Negmatovich, “O‘simlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish” kafedrasi professori, q.x.f.d. Razzoq Oripovich Oripov, Ro‘zi Xaitovichning shogirdlari, “Chorvachilik va parrandachilik ilmiy tadqiqot instituti”ning bo‘lim boshlig‘i Orif Muxamedovich Sharipov, Ustozning shogirdlaridan biri, “Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasi mudiri, dotsent Do‘smurod Eshimovich Eshimov, horijlik shogirdlari safdoshlari  Vitebsk (Belorus) davlat veterinariya medisinasi Akademiyasi fakultet dekani Solovyov Aleksandr Vasilyevich, shuningdek “Ichki yuqumsiz kasalliklar” kafedrasi professori, v.f.d. Qurbon Norboyevich Norboyevlar so‘zga chiqishdi va professorning hayot yo‘li, ilmiy izlanishlari haqida fikr – mulohazalar yuritildi.

Anjuman davomida Samarqand Xalqaro texnologiyalar universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Abdullayev SamDVMCHBU rektoriga Samarqand haqidagi kitobni sovg‘a qildi.

Shundan so‘ng, Veterinariya fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiyasi sohasida ayni kunda amalga oshirilayotgan ishlar, dolzarb muammolari va rivojlantirish istiqbollari muhokama markazida bo‘ldi.

 

Axborot xizmati

LTR RTL