YANGI O‘ZBEKISTONDA VETERINARIYA TERAPIYASINING YUTUQLARI VA ISTIQBOLDAGI VAZIFALARI

Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, veterinariya fanlari doktori, professor X.Z.Ibragimov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan 

«YANGI O‘ZBEKISTONDA VETERINARIYA TERAPIYASINING YUTUQLARI VA ISTIQBOLDAGI VAZIFALARI» mavzusida xalqaro ilmiy amaliy konferensiya ish boshladi.

15-16 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan mazkur ilmiy anjumanda ayni kunda mamlakatimizda veterinariya terapiyasi sohasida qanday zamonaviy usullar qo‘llanilayotgani, sohaning dolzarb muammolari va ularning yechimi yuzasidan qilinayotgan ishlar, shuningdek, yutuqlar va istiqboldagi vazifalar hamda  Veterinariya diagnostikasining zamonaviy usullari muhokama qilinmoqda.

Xalqaro anjumanni universitet retori, professor Xudaynazar Yunusov ochib berdi va barcha mehmonlarni qutladi. Rektor konferensiya mavzusining ayni kundagi dolzarbligi, bu borada ta’lim maskanida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar xususida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi, shuningdek, hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan qilinayotgan hamkorliklar xususida so‘zladi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi B.Norqobilovning anjuman ishtirokchilariga qutlovini qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Sh.Jabbarov o‘qib eshittirdi.  

Xalqaro tadbirda Vitebsk davlat veterinariya medisinasi akademiyasi, prorektori, q.x.f.d. Aleksandr Aleksandrovich Belko (Zoom dasturi orqali),
Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti Agrar-texnologiya instituti «Veterinariya medisinasi» departamenti direktori, veterinariya fanlari doktori, professor Vatnikov Yuriy Anatolevich,
Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti Agrar-texnologiya instituti «Veterinariya meditsinasi» departamenti dotsenti V.I.Semyonova (Zoom dasturi orqali),
O‘sh davlat universiteti professori (Qirg‘iziston) Abdurasulov Abdug‘ani Xolmirzayevich,
Qozog‘iston Milliy agrar tadqiqotlar universiteti professori Esengali Usenbekovlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, anjumanda Qirg‘iz-Turk Manas universiteti professori Ali Rişvanli, Xitoyning Tarim universiteti professori Muhatai Gemingguli,
Qozoq milliy agrar tadqiqotlar universiteti professori Zamanbekov Nurtleu Akjoltayevich, 
Latviya biofanlar va texnologiyalar universiteti professori Shematovich Ilga Miyervaldovna,
Patrise Lumumba nomidagi Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti dotsenti Rogov Roman Vasilevich,
K.I.Skryabin nomidagi Qirg‘iz milliy agrar universiteti professori, akademik Nogoybayev Mukambet Day'rovich,
Butunrossiya parrandachilik veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti (VNIVIP) katta ilmiy xodimi, dotsent Pavel Sidorovich Ryabtsev hamda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti professor Baxtiyor Bakirovlarning ilmiy ma’ruzalari tinglandi.

Anjuman ertaga ham o‘z ishini davom ettiradi. Ishtirokchilar kafedra o‘quv labotatoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishtiriladi. 
Shuningdek, qadimiy va ko‘hna shaharning diqqatga sazovor maskanlari va “Boqiy shahar”ga tashrif ham ko‘zda tutilgan.

 

Axboro xizmati.

LTR RTL