Akademik almashinuv doirasida fakultet talabalari Qozog'istonda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi "Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PQ-187-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida OTMlararo hamkorlik shartnomasiga ko'ra o'quv jarayonidan tajriba almashish, ma'ruza, amaliy va laboratoriya darslarda ishtirok etish, yangi innovatsion texnologiyalar va laboratoriyalar bilan tanishish hamda ularda ilmiy mashg'ulotlar o'tkazish, akademik mobillikni ta'minlash maqsadida, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektorining buyrug'iga asosan Biotexnologiya fakulteti professor òqituvchilari Isayev M., Jòraqulov Q. va fakultetning "Biotexnologiya" va "Veterinariya farmatsevtikasi" ta'lim yo'nalishlari iqtidorli faol talabalari Qozog'iston Respublikasining Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog'iston universitetiga akademik mobillikni amalga oshirish maqsadida tashrif buyurdilar.
Tashrifning birinchi kunidanoq professor òqituvchilar va talabalar Universitetning mutaxassis kafedralaridagi ma'ruza va amaliy darslarida seminar treninglar o'tib o'zaro fikr almashdilar.

Axborot xizmati 
Marvaridbonu Jumayeva

LTR RTL