YANGILIKLAR

To'garaklar faoliyati namoyishi bo'lib o'tdi.



Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnalogiyalar universiteti Zooinjeneriya fakulteti “Xususiy zootexniya” kafedrasining “Chorvachilikda innovatsiyalar” va “Yaylov chorvachiligi, qorako‘lchilik, asalarichilik va ipakchilik kafedrasining “Yaylov chorvachiligi va ipakchilik” nomli to‘garaklarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar hamda tahsil olayotgan talabalarning ustoz-shogird tizimi doirasida master-klass bo‘lib o‘tdi.

Ushbu “Chorvachilikda innovatsiyalar” va “Yaylov chorvachiligi va ipakchilik” to‘garaklarni Universitet rektori, professor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador faxriy unvoni sohibi Xudaynazar Yunusov ochib berdi.

Bunda Zooinjeneriya fakulteti dekani O.S.Boymatov, Zooinjeneriya fakulteti ilmiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari F.R.Sattorov, “Xususiy zootexniya” kafedrasi mudiri O.A.Maxmadiyarov “Yaylov chorvachiligi, qorako‘lchilik asalarichilik va ipakchilik” kafedrasi mudiri R.Ruzimuradov va kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan olib borildi.

Zooinjeneriya fakulteti 1-bosqich 104-guruh talabasi Qamardinov Muhammadrizoning “Qushlar xaqida qiziqarli faktlar”, 1-bosqich 104-guruh talabasi Yunusaliyev Akmalning “Qushlar olamida eng, eng, eng….” va 3-bosqich 301-guruh talabasi Murotova Nilufarning “Parranda mahsuldorligi zotiga bog‘liq”, 2- bosqich 204- guruh talabalari Burxonov Baxodir, Qurbonova Dinora, Abdurahmonova Muniralarning “Quyonlarni oziqlantirish” mavzulari yuzasidan ma’ruzalari eshitildi hamda qiziqarli savollar berildi. Tadbirda faol qatnashgan talaba yoshlar sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Ilmiy rahbar va nazoratchilar: b.f.n., dotsent Yu.Ermatov, assistentlar F.Berdiqulov, D.Ibragimov, B.Ibragimov, doktarant R.Daniyerov, magistr T.Narzullayev

Axborot xizmati.