O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” PQ-187-son qarorida belgilangan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1000 talik ro‘yxatiga kirgan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining Universitet bilan hamkorligini tashkil etish, xorijiy davlatlarning ilg‘or oliy ta’lim muassasalari bilan talabalar akademik almashuv dasturlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro nufuzini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni tizimli olib borish, innovatsion ta’lim va texnologiyalar transferini qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish, ta’lim va ishlab chiqarishni uzviy bog‘lash vazifalari ijrosini bajarish maqsadida Iqtisodiyot fakultetining “Iqtisodiyot” va “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishlari talabalari hamda Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi kafedrasi katta o‘qituvchisi Faxriddin Beknazarovich Janibekov hamkorlik memorandumiga asosan 2023-yil 27-noyabr kunidan Qozoq milliy agrar tadqiqotlar universitetida akademik almashuv dasturi doirasida tashrifda bo‘lib turishibdi.
Tashrifning ikkinchi kunida, talabalar ikki guruhga bo‘linib, o‘quv rejalarida belgilangan fanlar bo‘yicha kreditlarni olish maqsadida darslarga kirishdi.
Shuningdek, tashrif davomida Olmaota texnologiyalar universitetida hamda shaharning diqqatga sazovor joylarida bo‘lish rejalashtirilgan.
Universitet talabalarining Qozog‘istonga tashrifi davom etmoqda…
Axborot xizmati
2022-05-13
2022-05-12
2022-05-17
2022-05-05