Bugungi kunda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining milliy va xalqaro reytingda nufuzini yanada oshirishda xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori o‘rinlarda turuvchi universitetlar bilan keng ko‘lamli fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish, akademik almashuv dasturlarida universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining ishtirokini ta’minlash, hamkorlikda darslik, o‘quv qo‘llanmalar, Web of Science”, “Scopus” xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalarida indekslanuvchi jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish, xalqaro konferensiyalar tashkil etish maqsadida bir qancha amaliy ishlar qilinmoqda. Xususan bu borada, TOP-1000 talik ro‘yxatidagi Qozoq milliy agrar tadqiqotlar universiteti (#641-650 QS World University Rankings), Olmaota texnologiyalar universiteti (#801-850 QS World University Rankings) bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, mazkur hamkorlik memorandumiga universitetning Iqtisodiyot fakulteti “Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi” kafedrasi Qozoq milliy agrar tadqiqotlar universitetining “Hisob, audit va moliya” kafedrasi hamda Olmaota texnologiyalar universitetining “Buxgalteriya hisobi va moliya” kafedralari bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, hamkorlik doirasida 2023-yil 10-18 noyabr kunlari shu universitet dotsentlari Berdimurat Nazimgul va Serekbayeva Saule Gabitovna universitetimizda bo‘lishdi.
Tashrif davomida mehmon professor-o‘qituvchilar universitet rektori, professor Yunusov Xudoynazar Beknazarovich qabulida bo‘lib, hamkorlik doirasida universitetlararo o‘quv va ilmiy sohalarda hamkorlikni yanada kuchaytirish, qo‘shma dasturlar asosida oliy malakali pedagog-kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar, magistrlar hamda talabalar almashinuvi, pedagoglarni qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish, malaka oshirish, hammualliflikda xalqaro ilmiy-amaliy grant loyihalarini amalga oshirish, xalqaro konferensiyalar tashkil etish kabi masalalar muhokama etildi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar universitet o‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i professor v.b. Ro‘ziqulov Rahmatullo Fayzullayevich bilan uchrashib, hamkorlikda oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan, qo‘shma dasturlar tashkil etish, o‘quv rejalar ishlab chiqish, o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga mo‘ljallangan ta’limga o‘tish jarayonini tezlashtirish, darslik, o‘quv qo‘llanmalar yaratish kabi masalalar muloqot mazmunini tashkil etdi.
Qozoq milliy agrar tadqiqotlar universiteti “Hisob, audit va moliya” kafedrasi dosenti N.Berdimurat 70310100-“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi magistrlariga “Moliyaviy tahlil” fanidan, Olmaota texnologiyalar universitetining “Buxgalteriya hisobi va moliya” kafedrasi dosenti S.Serekbayeva universitetning 1-bosqich magistrlariga “Zamonaviy menejment asoslari” fanidan ma’ruza va amaliy darslarini o‘tishdi.
Tashrif davomida mehmon professor-o‘qituvchilar universitetning o‘quv binolari, axborot resurs markazi bilan ham tanishishdi.
Tashrif davomida Samarqand shahrining o‘ziga xos tashrif qog‘ozi bo‘lgan Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi, Bibixonim maqbarasi, Shohizinda majmuasi, Boqiy Samarqand turistik markazida ham bo‘lishdi.
Axborot xizmati
2022-05-13
2022-05-12
2022-05-17
2022-05-05