7,8, 9 noyabr kunlari Belgrad shahrida ( Serbiya) Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ANIMUSE (глобальная база данных по использованию антимикробных препаратов ANI)
dasturi bo‘yicha mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti "Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya" kafedrasi assistenti Adham Bozorov ishtirok etdi. Seminar - treningda sohaning ayni kundagi dolzarb muammolari va ularning mintaqalardagi yechimi masalalari muhokama etildi.
Yakunda ishtirokchilarga Jahon hayvonlar salomatligi tashkiloti tomonidan sertifikatlar taqdim etildi.