Yosh olimlar muloqoti: Ilmga oid fikr almashish

26-27 oktyabr kunlari Almati shahrida Qozog‘iston Milliy Fanlar akademiyasiga qarashli Milliy Agrar tadqiqot Universitetida "Yosh olimlar muloqoti; Ilmga oid fikr almashish" mavzusida xalqaro Forum bo‘lib o‘tdi.                             

Fransiya, Xitoy, Yaponiya, Polsha, Belorus Respublikasi va Markaziy Osiyo mintaqasidagi oziq - ovqat havfsizligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi OTM vakillari ishtirok etgan halqaro tadbirda Samarqand davlat Veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar Universitetining yosh olimlar va tadqiqotchilardan iborat jamoasi ham ishtirok etdi.   

Ikki kun davom etgan Forumda sohaning eng dolzarb, trenddagi mavzulari yosh olimlar ishtirokida muhokama etilgan, ilg‘or tajribalar haqida ma’lumot berilgan. Biotexnologiya, Mahsulot turlari bo‘yicha magistratura bosqichi 2 kurs talabasi Rasuljon Haydaraliyevning ma’lum qilishicha, yosh olimlar va tadqiqotchilar uchun bu kabi ilmiy Forumlarning ahamiyati katta. 

Fransiyalik professor Bruno Anselmening ma’ruzasidan angladikki, bugungi global - axborot kommunikatsiyalari o‘ta rivojlangan bir paytda dars o‘tish metodikasi qanday bo‘lishi kerak, qaysi fanlar qanday o‘qitilishi lozim, ilmiy izlanishlar davomida qaysi jihatlarga e’tibor qaratishi kerak, degan ko‘p savollarga ayni kutilmagan javoblar oldik, har birimiz turli mavzularda (Liriodendron Tulipiferani (Lola daraxti) IN VITRO sharoitda mikroklonal ko‘paytirish) ma’ruza qildik, tajribalarimizni almashdik. Bu bizning kelgusi faoliyatimiz uchun muhim!

 

Axborot xizmati

LTR RTL