Intellektual mulk davlat muhofazasida.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk konsultiv markazi" davlat muassasasi tomonidan "Ixtiro va foydali modelga talabnoma tayyorlash, tavsif, referat, formula, chizmalar" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.
Mazkur seminarda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshlig‘i V.Do‘skulov, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi Axborot resurs bo'limi boshlig'i S.Raxmonov, Ixtiro va foydali modellar bo'limi boshlig'i I.Abdukadirov, universitetning professor o'qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar va magistrlari ishtirok etishdi.

S.Raxmonov so'zga chiqib, ushbu markazni tashkil qilishdan asosiy maqsad mamlakatning intellektual mulk sohasidagi salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, intellektual mulk sohasida mutaxassislar bilim darajasini va ularni tayyorlash samaradorligini oshirish, omma o'rtasida intellektual mulkga nisbatan hurmat hissini shakllantirish, ixtirochilik faoliyatini rag'batlantirish hamda ilmiy-texnik ijodkorlik natijalarini hayotga tadbiq etishga sharoit yaratish ekanligiga urg'u berdi.

Ixtiro va foydali modellar bo'limi boshlig'i I.Abdukadirov ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini huquqiy muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish sohasidagi masalalar yuzasidan o'z taqdimoti bilan seminar ishtirokchilariga ma'lumot berib o'tdi.
Seminar yakunida barcha ishtirokchilar o'zlariga qiziqarli bo'lgan savollarga javoblar olishdi.

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi.

LTR RTL