UNIVERSITET TAYANCH DOKTARANTLARI MALAKA OSHIRISH KURSLARIDA FAOL QATNASHISHDI.

Joriy yilning 19-20-oktyabr kunlari Navoiy shahrida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi oliy ta'lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Navoiy innovatsiyalar universiteti, O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlari bilan hamkorligida “Research methodology" (Ilmiy faoliyat metodologiyasi) nomli qisqa muddatli malaka oshirish kursida ishtirok etish uchun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalari universitetidan 2 nafar tayanch doktorantlarimiz Xamroyev Askar Xasanovich va Toshmurodov Diyor Sobir o’g’li faol ishtirok etib, kurs yakunida sertifikat olishdi.

Unda Respublikamizdagi turli oliy ta'lim muassasalaridan jami 50 nafar ishtirokchilar qatnashmoqda.

Axborot xizmati.

LTR RTL