Universiteti talabasi «MDH YETAKCHILARI»  Xalqaro ilmiy-amaliy ko'rik tanlovi g‘olibi bo‘ldi!

Samarqand  davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti talabasi «MDH YETAKCHILARI»  Xalqaro ilmiy-amaliy ko'rik tanlovi g‘olibi bo‘ldi! Agrotexnologiyalar, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish kafedrasi t.f.n., dotsent Z.Abduganiyev ilmiy rahbarligida Texnologik  jarayonlar va  ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo'yicha) ta'lim yo'nalishi talabasi Elmonov  Lazizjon Xudayberdi o'g'li "GELIOMODULDA QORAKOL TERISINI QURITISH METODIKASI" mavzusidagi ilmiy maqolasi bilan "Scientific Publication" ilmiy matbuot markazi, "Best Publication ilmiy tadqiqotlar markazi" va "Scientific Academy" tomonidan tashkil etilgan «MDH YETAKCHILARI»  Xalqaro ilmiy-amaliy ko'rik tanlovida qatnashib Esdalik Ko‘krak nishoni va Maxsus Guvohnoma bilan taqdirlandi!

Axborot xizmati

LTR RTL