Mega loyihada – Ilmiy-tadqiqot ishlari davom etmoqda

Universitet mustaqil izlanuvchisi (PhD) assistent Rayimqulov Iskandar Xaydarovichning 03.00.06-"Zoologiya (Veterinariya bo'yicha)" ixtisosligi bo‘yicha “Tovuqlar ektoparazitlarining epizootologiyasi, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari” mavzusidagi professorlar X.B.Yunusov va R.B.Davlatovlar rahbarligida ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqda. Aprobatsiya komissiya a'zolari ishtirokida 3 oy davom etgan tajribalar tahlil qilinib, 1-tajriba qismining yakuniy xulosalari muhokama qilindi.

Tadqiqot maqsadi – Parrandalarda parazitlik qiluvchi kanalarning tovuqlar organizmiga ta'sirini hamda ularga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqishdan iborat.Bugungi kunda tadqiqotning dastlabki sinov ishlari yakunlanib, tajribadagi Tovuqlar doimo kuzatuv ostida nazoratga olingan.

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi

LTR RTL