GERMANIYALIK MUTAXASSISLAR OZUQABOP EKINLAR BORASIDA SAMDVMCHBU BILAN HAMKORLIK QILADI

Respublika Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Germaniya Federativ Respublikasi Oziq-ovqat va Qishloq xo‘jaligi vazirliklari hamkorligidagi “Agriculture Finance and Consultants” tashkiloti tomonidan ayni kunlarda mamlakatimizda “O‘zbekistonda ozuqabop ekinlar va ozuqabop ekinlar urug‘chiligini takomillashtirish” loyihasi amaliyotga joriy etilmoqda. SamDVMCHBU professori – Abdug‘ani Elmurodov ushbu loyihaning asosiy hamkorlaridan biri hisoblanadi.

Loyihaning germaniyalik ekspertlari hozirda mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgani va loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishayotgani xususida avval xabar bergandik.

Horijiy olimlar - Loyihaning ozuqabop ekinlar yetishtirish va ozuqa sifatini laboratoriya va dala sharoitida tekshirish bo‘yicha mutaxassislari jamoa yetakchisi Antoon Seth van Engelen hamda Alfons Goebel ( Ozuqa yetishtirish mutaxassisi), Peter Tillmann ( ozuqa na’munalarini dala valaboratoriya sharoitlarida tekshirish bo‘yicha mutaxassis), Abdimalik Kertayev (Loyihaning max’muriy va hisob – kitob ishlari bo‘yicha yordamchisi Universitet rektori, professor Yunusov qabulida bo‘ldilar.

Muloqot davomida tomonlar “O‘zbekistonda ozuqabop ekinlar va ozuqabop ekinlar urug‘chiligini takomillashtirish” loyihasining mazmun – mohiyati, loyihadan ko‘zlangan maqsad, shuningdek iqlim sharoitlari va boshqa tabiiy resurslarga boy bo‘lgan O‘zbekistonda bu borada qilinayotgan ishlar va natijalari hamda mavjud muammolar xususida fikr – mulohazalar almashdi.

Mamlakatimizdagi sohaga ixtisoslashgan OTM, ilmiy tadqiqot institutlari, jumladan – Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar Universiteti professor – o‘qituvchilari va tadqiqotchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar loyiha maqsadlariga to‘la mos kelishi xususida mulohazalar bildirildi.

Axborot xizmati

LTR RTL