“OLIY TAʼLIM MUASSASALARINING QIRGʻIZISTON VA OʻZBEKISTONDA BARQAROR QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH TIZIMINI RIVOJLANTIRISHGA QOʻSHGAN HISSASI” NOMLI XALQARO FORUM

Ayni kunlarda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti k.f.n. Ishniyazova Shoxista Ashurovna, Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi mudiri Ruzikulov Nuriddin Bolliyevich, Biotexnologiyalar kafedrasi katta o'qituvchisi Jurakulov Qobil, magistr va bakalavr talabalaridan iborat delagatsiya K.I.Skryabin nomidagi Qirg‘iz milliy agrar universitetida o‘tkazilayotgan “Oliy taʼlim muassasalarining Qirgʻiziston va Oʻzbekistonda barqaror qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish tizimini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi” nomli Xalqaro Forumda ishtirok etmoqda.Ushbu safarda Sh.Ishniyazova tomonidan oflayn tarzda ma'ruza o'qish davomida universitetda erishilgan o'quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari keng targ'ib qilinadi, universitetning hamkor OTM o'rtasidagi nufuzi yanada oshadi, hamkorlikda xalqaro loyihalarni tayyorlash, yangi avlod o'quv-uslubiy adabiyotlarini yaratish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, hammualliflikda maqolalar chop etish, universitet o'quv jarayoniga ilmiy salohiyatli professor-o'qituvchilarni jalb qilish yo'lga qo‘yiladi, ta'lim sifatini oshirish uchun o'rganilgan yangilik va orttirilgan tajribalar universitet miqyosida joriy etish maqsad qilingan.

Loyihadan ko'zlangan maqsad Oliy ta’lim sohasida xorijiy tajribalar asosida zamonaviy ta’lim standartlarini o‘rganish va O‘zbekiston Respublikasida joriy etish, veterinariya va chorvachilik sohasiga oid qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish orqali O‘zbekiston iqtisodiyotiga yetuk kadrlarni yetishtirishdan iborat.
 

 

Axborot xizmati

LTR RTL