Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor X.B. Yunusov Biotexnologiya fakulteti 60710200- Biotexnologiya(tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 201-202 guruh talabalariga ma’ruza mashg‘ulot darslarni o‘tkazdi.
"O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi" fanidan universitetimiz rektori, professor X.B. Yunusov "O‘simliklarning tuproqdan oziqlanishi. Ildiz sistemasi orqali mineral tuzlarni kirish mexanizmi "(fiziologik nordon, ishqorli va neytral tuzlar) mavzusida o‘tilgan dars mashg‘uloti talaba-yoshlar uchun qiziqarli va bahs- munozaralarga boy bo‘ldi.
Mashg‘ulot davomida talabalarga o‘simliklarning oziqlanish usullari, tuproqning bioorganik va mineral tarkibi, mineral elementlarning o‘simliklar fiziologik faoliyatiga qanchalar bog‘liq ekanligi, o‘simliklarning o‘sib rivojlanishi uchun organik va mineral tuzlarning ahamiyati, tuproqdagi suv va unda erigan moddalarning o‘simliklar hayoti uchun qanchalar zarur ekanligi haqida talabalarga tushunchalar berildi.
Tuproqdagi suv va unda erigan oziq moddalar dastlab ildiz tukchalariga, so‘ngra ular bilan yonma-yon joylashgan po‘stloq hujayralariga o‘tadi. Hujayradan hujayraga so‘rilgan suv va unda erigan oziq moddalar ildizning o‘tkazuvchi qis¬miga yetib boradi va u yerdan o‘simlikning yerusti qismiga ko‘tariladi. Mineral elementlarning hujayraga yutilishi dastavval hujayra po‘stidan boshlanadi va so‘ngra membranada davom etadi. Hujayra po‘sti asosan syellyuloza, gemisellyuloza va pektin moddadan iborat. Pektin moddasi o‘z tarkibida karboksil gruppalarni saqlaydi va kation almashinuv xususiyatiga ega bo‘ladi. Bu esa musbat zaryadlangan moddalarni to‘plash sharoitini yaratadi. Natijada ionlar tuproq eritmasidan hujayra po‘stiga diffuziyalanadi.
Talabalar ushbu mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi. Dars mashg‘uloti ko‘tarinki ruxda tashkil etildi.
Axborot xizmati
2022-05-13
2022-05-12
2022-05-17
2022-05-05