VENGRIYALIK MUTAXASSISLAR UNIVERSITET MEHMONI

Joriy yilning 18 -24 sentyabr kunlari davomida Vengriyaning “Master Good" kompaniyasi hamda Niderxaza Universiteti vakillaridan iborat delegatsiyasi mehmon bo‘lib turibdi. 20 senyabr kuni mehmonlar SamDVMCHBUga tashrif buyurdi va rektor qabulida bo‘ldilar.

“Master Good" kompaniyasi menejeri Sapha Xaxaop hamda Niderxaza Universiteti prorektori Kovach Zoltanlar boshchiligidagi mehmonlar professor Yunusov bilan oliy ta’lim muassasasida tayyorlanayotgan mutaxassisliklar, talaba – yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv va ilmiy laboratoriyalar faoliyati va hokazolar xususida muloqot qilindi.

Mazkur uchrashuv - o‘tgan 2022 o‘quv yilida bo‘lib o‘tgan Rektorlar Forumida kelishilgan rejalarni amalga oshirish uchun tashlangan ilk qadam – kelgusida hamkorlikni qaysi yo‘nalishlarda davom ettirish mumkinligini aniqlashtiradi. Tomonlar ana shu masalalarni muhokama qilishdi. Vengriyalik mehmonlar talaba – yoshlar bilan uchrashib, ularning kelgusi rejalari xususida ham muloqot qildilar.

 

Axborot xizmati

LTR RTL