Universitet MEGA loyihasining “Pure milky”, klasterida birlamchi tajriba aprobatsiyasi!

Universitetda ilmiy kadrlar yetishtirishning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish, ilmiy izlanishlarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish, talabalar amaliyotini tashkil etish hamda to‘liq o‘z-o‘zini moliyalashtirish mexanizimini yaratish maqsadida barcha imkoniyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan “O‘zbekistonda veterinariya, biotexnologiya va chorvachilik sohasini rivojlantirish uchun ilmiy kadrlarni intensiv tayyorlash ilmiy biznes inkubatori” MEGA loyihasining “Pure milky” klasterida birlamchi tajriba aprobatsiyasi bo‘lib o‘tdi.

Loyiha rahbari, professor Xudaynazar Yunusov loyiha ishtirokchilari bilan klasterda 2-bosqichda bajariladigan ishlar bo‘yicha fikr-mulohazalar almashib, o’z so‘zida chorvadorlarning ish sharoitlarini yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirishda ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalashtirish oziqa tayyorlash va tarqatish, avtosug’orish, mashinada sog’ish, chang yutgichlar bilan hayvonlarni tozalash, go‘ngni tozalash va tashish juda katta ahamiyatga ega ekanligini, yildan-yilga hayvonlarni saqlash texnologiyasi mukamallashib borayotganligi, fermalarga yangi-yangi mashina va mexanizmlar keltirilayotganligini, chorvachilik madaniyati oshib borar ekan fermaning hamma xizmatchilari ishlatiladigan qulayliklardan foydalanishni bilishlari, boshqarishlari va texnika xavfsizligiga o’z vazifalari deb bilmoqlari shart ekanligini ta’kidlab, loyiha ishtirokchilariga fan-ta’lim – ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirish bo‘yicha topshiriq va tavsiyalar berdi.

Bizni kuzatishda davom eting…

 

Axborot xizmati

LTR RTL