MEGA LOYIHA - ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA

“O‘zbekistonda veterinariya, biotexnologiya va chorvachilik sohasini rivojlantirish uchun ilmiy kadrlarni intensiv tayyorlash ilmiy biznes inkubatori” MEGA loyihasi haqida jamoatchilikka ma’lum qilingandi. Loyihada ilmiy kadrlar yetishtirishning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish, ilmiy izlanishlarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish, talabalar amaliyotini tashkil etish hamda to‘liq o‘z-o‘zini moliyalashtirish mexanizmini yaratish nazarda tutilgan. “Mega loyiha”da bugungi kunda 13 nafar fan nomzodlari, 35 nafar mustaqil izlanuvchilar, magistr talabalar 14 tadan ortiq hayvon turlari ustida o‘z ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi – yuqori malakaga ega bo‘lgan, xalqaro talablarga javob beradigan ilmiy kadrlarni intensiv tayyorlash orqali Respublikada veterinariya, biotexnologiya va chorvachilik sohasini yetakchi o‘rinlarga olib chiqish.

Shu munosabat bilan, loyiha rahbari va asoschisi universitet rektori, professor Yunusov   amalga oshirilayotgan ishlar hamda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot natijalari bilan yaqindan tanishish maqsadida loyiha ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda har bir ishtirokchi, yosh olimlar bugungi kunga qadar olib borayotgan tadqiqot natijalari haqida qisqacha hisobot berishdi. Shundan so‘ng loyiha rahbari tadqiqotchilarning ma’lumotidan xulosa qilib, o‘zining kerakli tavsiyalari bilan fikr almashdi.

Uchrashuv so‘ngida universitet rektori loyiha a’zolari, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar hamda magistr talabalarni loyihada faol ishtirok etishlarini so‘radi.

Axborot xizmati

LTR RTL