SamDVMCHBU rektori, professor Xudaynazar Yunusov Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi 203-204 guruh talabalariga "Biotexnologik jarayonlarni olib borishda zamonaviy laboratoriya uskunalaridan foydalanish" mavzusida ma’ruza darsini o‘tdi. Lektorning ta’kidlashicha, biotexnologik jarayonlarni olib borishda zamonaviy laboratoriya uskunalaridan foydalanish talabalarda yangi bilim va amaliy ko‘nikmalarni oson o‘zlashtirishga yordam beradi Biotexnologik zamonaviy laboratoriyalar har qanday ish muhitini samarali tashkil qiladi, laboratoriya jixozlarini o‘rgangan talabalar ishlab chiqarish korxonalari va zamonaviy laboratoriyalarda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishadi.
Dastlab professor universitet qoshidagi o‘quv laboratoriyalarining ilmiy salohiyati hususida talabalarga qisqa ma’lumot berdi. Ya’ni bu yerdagi mavjud jihozlar bilan nima ishlar qila olish mumkinligi xususida tushunchalar berdi. Eng so‘nggi rusumdagi zamonaviy laboratoriya jihozlari yordamida biotexnologik jarayonlarni amalga oshirish biologik ishlab chiqarish jarayonlariga oid bilimlar bilan ta’minlash, shuningdek fan bo‘yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat ekanligi alohida ta’kidlandi.
Ma’ruzadan so‘ng mashg‘ulotlar Universitet qoshidagi o‘quv laboratoriyalarida davom ettirildi. Professorning so‘zlariga ko‘ra, bu yerdagi har bir uskuna yordamida obrazli aytganda, “ilm qilish” mumkin. Har bir uskunaning o‘z vazifasi bor. Talabalar olgan nazariy bilimlarini laboratoriyada amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashizarur va bu juda muhim. Biotexnologik jarayonlar, unda foydalaniladigan jihozlar, ularni avtomatlashtirishga doir uslubiy yondashuv hamda majud ilmiy dunyo qarashlar talaba yoshlar uchun qiziqarli bo‘ldi, desak xato emas.
Buni talabalar tomonidan berilayotgan ketma - ket savollar misolida ham ko‘rish mumkin. Biotexnologiya yutuqlarining ishlab chiqarishga joriy qilinishi oziq-ovqat, xomashyo, ekologiya va energetika kabi zamonaviy masalalarning yechimiga yordam beradi. Laboratoriya ishlarida biologik materiallardan foydalanish talabalarda: tahlil qilish, taqqoslash, qiyoslash, baho berish, xulosa chiqarish, o‘z fikrini bildirish va uni asoslash, ma’lumotni yig‘ish, ish natijalarini turli shakllarda taqdim etish kabi o‘quv ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, mazkur biotexnologiya laboratoriyalarida tadqiqotchilik faoliyatini ham olib borish mumkin. Bu haqida mashg‘ulot davomida lektor tomonidan yoshlarga tavsiya berildi.
Axborot xizmati
2022-05-13
2022-05-12
2022-05-17
2022-05-05