Universitet olimasi g‘olib bo‘ldi

Samarqand viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi “Olima” ayollar uyushmasining “Eng yaxshi innovasion loyiha” ko‘rik tanlovida  Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetidan texnika fanlari falsafa doktori Shahnoza Abdug‘aniyeva “Eng yaxshi ixtiro” nominasiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.

Samarqand Iqtisodiyot va servis institutida o‘tkazilgan tadbirda viloyatimizning oliy ta’lim muassasalarining xotin-qizlari orasidan yuzdan ortiq iqtidor egalari ishtirok etib, o‘zlarining ilmiy yangiliklarini taqdim etdilar. Olima va tadqiqotchi ayollar 10 yo‘nalishdagi nominasiyalarda, talaba qizlar esa 4 yo‘nalishdagi nominasiyalarda ishtirok etdilar. Eng iqtidorlarlar tanlab olindi, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirildi. Tadbirni Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Raxmonova Z.P. so‘zga chiqib, xotin-qizlarni oliy ta’limga ko‘proq qamrab olish, ularning ilmiy tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash borasida davlatimiz siyosatining maqsad va vazifalarining mas’uliyati xususida fikr bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar o‘rtasida ilm-fan va innovasiyalarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, texnika fanlari doktori, professor Norqulova Karima To‘xtaboyevna bugungi kunda O‘zbekiston olimalari jahonning eng nufuzli davlatlar ilmiy anjumanlarida faolligi, qolversa jahon ilm-fan taraqqiyotida o‘ziga xos o‘rni va mavqeini hayotiy misollar bilan tushuntirib berar ekan, Samarqandlik olimalarning bu o‘rinda faolligini ta’kidlab o‘tdi. Tadbirni Samarqand Iqtisodiyot va servis institutining ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori, viloyat “Olima”ayollar uyushmasi rahbari, professor D.X. Aslanova olib bordi. Mazkur tanlov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrdagi 70-sessiyasida 11-fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” sifatida rasman e’lon qilingan. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 3 fevraldagi №4-son bayoni asosida mamlakatimizning barcha hududlarida xotin-qizlar orasidan yangi iqtidor egalarini kashf qilish, ular amalga oshirayotgan loyihalarni keng targ‘ib qilish maqsadida “Eng yaxshi innovasion loyiha” ko‘rik tanlovi 2023 yil12 aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Olima va tadqiqotchi ayollar 10 nominasiyalarda, talaba qizlar 4 nominasiyalarda ishtirok etdilar.

“Eng yaxshi ixtiro” nominasiyasi g‘olibi sifatida Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetidan Shahnoza Abdug‘aniyeva “Eng yaxshi ixtiro muallifi” nominasiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

 

Axborot xizmati

LTR RTL