21-may O'zbekiston kutubxonachilar kasb bayrami kuni!

2019-yil 7-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.
Qarorda Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning hozirgi bosqichida axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishning maqsadi va vazifalari jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va zamonaviy umumjahon tendensiyalarni hisobga olgan holda axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish, aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha ijtimoiy kafolatlarni sifatli ta'minlash hamda zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirishga qaratilgan me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, hududlarda aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatishni barqaror rivojlantirishga ko‘maklashish, axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan yangi bino va inshootlarni qurish, mavjud binolarni rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan ta'minlash, kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklikni, xususiy va elektron (virtual) kutubxonalar tarmog‘ini rivojlantirish, kutubxonalar faoliyatining samaradorligini va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish (shu jumladan, pulli xizmat ko‘rsatish) tezkorligini oshirish uchun elektron kitoblarni tarqatish, internet-resurslar bilan hamkorlikni kengaytirish, axborot-kutubxona muassasalari xavfsizligini hamda milliy va jahon madaniy merosining bir qismi sifatida axborot-kutubxona fondlari saqlanishini ta'minlash, jamiyatning axborot madaniyatini, tariximizga va milliy madaniyatga qiziqishni kuchaytirish, o‘qish madaniyatini oshirish va targ‘ib qilish hamda axborot-kutubxona muassasalarini malakali mutaxassislar bilan ta'minlash belgilandi.
Mazkur qarorda  2019-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish konsepsiyasi, sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi – axborot-resurs markazining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
Respublikamizda 21 may Kutubxonachilar kuni deb belgilanib, bunda kutubxonachilarni ko‘p yillik halol mehnati va axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlash va rag‘batlantirish belgilandi.
SamDVMCHBU ARM kutubxonachilari  va iqtidorli talabalari
Quyosh olamga nur sochgani kabi kitob inson qalbiga ziyo tarqatadi. Shu bois kitobni e’zozlagan kishi, oila, xalqning istiqboli ham porloq bo’lishi shubhasiz. Endi kitobni sevgan, uni kitobxonlarga ulashgan kutubxonachining jamiyatdagi o’rni va mas’uliyatini anglash qiyin emas.
Yosh avlodning yorqin kelajagiga mustahkam poydevor qo’yishga hissa qo’shayotgan barcha zahmatkash kutubxonachilarni kasb bayrami bilan qutlaymiz! 
SamDVMCHBU ARM kutubxonachilari 21-may O’zbekiston kutubxonachilar kasb bayrami kuni bilan universitet kutubxonachilarini hamda  unga qarashli  Qoraqolpog’iston  Respublikasi Veterinariya instituti filiali, Samarqand veterenariya kolleji, Urgut veterinariya texnikumi, Toshkent veterinariya instituti kutubxonachilarini va butun O’zbekiston Respublikasi kutubxona jamoalarini muborakbod etamiz! 

SamDVMCHBU ARM kutubxona jamoasi!

 

LTR RTL