2023-yil 7-aprel kuni SamDVMCHBUda “Veterinariya sohasini rivojlantirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferensiya “Ijtimoiy-gumanitar, jismoniy madaniyat va sport”, “ O‘zbek, rus tillari va adabiyoti”, “Xorijiy tillar” kafedralari tomonidan tashkil etildi.
Konferensiyani SamDVMCHBU rektori professor X.B.Yunusov ochib berdi. SamDU professor-o‘qituvchilari Sh.S.G‘afforov va K.H.Hasanovalar so‘zga chiqib, ushbu konferensiyaning muhim jihatlariga to‘xtalib o‘tdi.
Konferensiya jarayonining onlayn translyatsiyasi amalga oshirildi. Shuningdek, mazkur konferensiyada Navoiy viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Ruminiya davlati OTMlarining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi. Plenar yig‘ilishdan so‘ng konferensiya o‘z ishini shu’balarda davom ettirdi. Mutaxassislar tomonidan ushbu konferensiya xalqaro miqyosdagi konferensiya sifatida baholandi.
Axborot xizmati
2022-05-13
2022-05-12
2022-05-17
2022-05-05