Avlodlar orasidagi oltin zanjir, vatan ravnaqi va xalq manfaati yo‘lidagi birlik, ezgu maqsadlar sari hamkorlik va jipslikdagi harakat kishidan qahramonlik talab qilmaydi. Bu haqiqatni katta avlod vakillari yoshlarga nisbatan yaxshiroq anglaydilar, Negaki, ular hamma narsani o‘z boshidan o‘tkazgan, katta hayot tajribasiga ega. Aytish mumkinki, katta avlod tajriba, saboq, ibrat, o‘rnak va namuna maktabidir. O‘rta va yosh avlod bilan uchrashuvlarda, odatda samimiyat va maslahatlar ustuvorlik qiladi. Shu asnoda xulosalar qilinadi, boy tajribalar orttiriladi.
Joriy yilning 6-aprel sanasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Buvijonim maʼrifati va oʻgitlari” mavzusida talaba qizlar bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi. Universitet xotin qizlar maslahat kengashi tomonidan reja asosida tashkil etilgan tadbirda faxriy o‘qituvchilar, hozirgi kunda faoliyat yuritib kelayotgan koʻp yillik hayotiy, oilaviy tajribaga ega boʻlgan professor - oʻqituvchilar, xotin qizlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari hamda talaba qizlar ishtirok etishdi.
Ma'naviy-ma'rifiy tadbirda talaba qizlarga buvijonim hayoti biz uchun ibrat, milliy qadriyatlar va oiladagi sharqona odob, qizlarga xos muomala, o‘zaro hurmat va sabrli bo‘lish, mustahkam oila sirlari toʻgʻrisida o‘z fikrlarini bildirib, tushunchalar hamda oʻgitlar berishdi.
Uchrashuv davomida faxriylar hayot yo‘li, soha rivoji uchun amalga oshirgan ishlari, bu yo‘lda uchragan mashaqqatlar va qiyinchiliklari xususida yosh avlod vakillariga hikoya qilib berdi. Kishi o‘z oldiga maqsad qo‘yishi va kelajagini rejalashtirishi lozimligi, bu yo‘lda albatta unga muammolar uchrashi va bu muammolardan bilimi, salohiyati va intilishlari bilan yengishi lozimligi barchaga ibrat bo‘lgulik hayotiy misollar asosida tushuntirib berildi.
Tadbir davomida oliygohning iqtidorli va iste'dodli talaba-qizlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, go'zal raqslar, she'rlar yig'ilgan mehmonlarga iliq taassurotlar qoldirdi.
Axborot xizmati
2022-05-13
2022-05-12
2022-05-17
2022-05-05