Bitiruvchi talabalarning amaliyot jarayonlari o'rganildi

Bitiruvchilarning bitiruv oldi amaliyoti nazariy va amaliy bilimlar uyg‘unligi bo‘lajak mutaxassislarning samarali natijalarni ko‘rsatishga zamin yaratib beradi.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Zooinjeneriya fakulteti 3-4-kurs talabalari hozirgi kunda bituruv oldi malakaviy amaliyotini respublikaning turli viloyat ishlab chiqarish va fermer xo‘jaliklarida o‘tashmoqda.

Bu gal “Xususiy zootexniya” kafedrasi professor o‘qituvchilari Sh.T.Gapparov, Sh.E.Qurbonova, X.A.Mamatov va M.T.Axtamovalar Navoiy viloyati Karmana, va Xatirchi tumanlaridagi baliqchilik, parrandachilik xo‘jaliklarida talabalarning amaliyot jarayonlarini o‘rganishdi. Tashrif davomida dastlab, amaliyotchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi va bu yerdagi ish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.

Xo‘jalik rahbarlarining amaliyotchi talabalar haqidagi fikrlari tinglandi hamda talabalarning nazariy bilimlarini ijobiy baholab, intilishlari va tirishqoqligini e'tirof etishdi. Ish jarayonini bosqichma-bosqich o‘rganib, o‘z tajribalarini mustahkamlamoqda.

Axborot xizmati

LTR RTL