Rossiya fanlar akademiyasi akademigi Universitetimizda

O'zbekiston respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi "Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida" gi PQ-187-sonli qaroridagi vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 27-mart kuni "БИОИН-НОВО" laboratoriyasi direktori, Biotexnologiya fanlari professori, Rossiya fanlar akademiyasi akademigi Tatyana Aleksievna Nugmanova Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Biotexnologiya fakulteti talabalariga ma'ruza o'qish,amaliy va laboratoriya darslarini o'tish maqsadida tashrif buyurdi.

Akademigi Tatyana Aleksievna Nugmanova tashrifi davomida Biotexnologiya va Agrobiotexnologiya mutaxasisliklarining 1-2 bosqich magistr talabalariga Sitogenetika fanlaridan va Biotexnologiya ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabalariga Biotexnologiya fanidan ma'ruza mashg'uloti o'tilmoqda.

Ma'ruza mashg'ulotlari davomida T.A.Nugmanova Biotexnologiya, O'simliklar intraduksiyasi kabi fanlarga oid ilmiy amaliy izlanishlari va ularning natijalari bilan tanishtirmoqda.

 

AXBOROT XIZMATI

@Biotexnologiyamatbuoti

 

LTR RTL