Referendum oldidan yangi tahrirdagi konstitusiya bo'yicha targʼibot tadbiri oʼtkazildi

Referendum oʼtkazishdan qanday maqsad koʼzlangan? Konstitutsion islohotlar mohiyatini anglay oldikmi? Hayotimizda, jamiyatimizda nima oʼzgaryapti - Asosiy Qonunimizdagi oʼzgarishlar bizga qanday kelajakni vaʼda qilmoqda? Universitet rektori, professor Yunusov  rahbarligida  konstitutsion islohotlar mavzusida navbatdagi targʼibot tadbiri tashkil etildi.  Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, maʻnaviy - maʻrifiy ishlar boʼyicha birinchi prorektor, rektorning  maʻnaviy muhit barqarorligini taʻminlash hamda  xotin - qizlar masalalari bo'yicha maslahatchilari, fakultetlarning maʻnaviy -  maʻrifiy ishlar boʼyicha dekan oʼrinbosarlari,  shuningdek fakultetlar tyutorlari ishtirok etishdi. Tadbirda soʼz olganlar yangilanayotgan konstitusiyaning taʻlim va tarbiya, yoshlar va xotin - qizlar masalalari boʼyicha kiritilayotgan muhim oʼzgartirish va qoʼshimchalar bo'yicha oʼz fikr va mulohazalari bilan oʼrtoqlashdilar.

Shuningdek, tadbirda taʻlim maskanida ijro intizomi va talabalar bilan ishlash tizimi bo'yicha olib borilayotgan ishlar ham muhokama etildi.

 

Axborot xizmati

LTR RTL