2023-yilning 12-mart kuni professor Bakirov B. dotsent N.B Ro‘ziqulov Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi 2-bosqich mustaqil izlanuvchi Asqarov Saloxiddin Saitazim o‘g‘lining Qo'zilar diareyasining patogenezi va davolash hamda oldini olish usullari mavzusida olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishi doirasida Nurobod tumanidagi qorako'lchilikga ixtisoslashgan Olga MCHJda qorako‘l sovliqlari va qo‘zilani dispanser jaroyonining borishini nazorat qilish uchun fermaga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida shuningdek, qo‘zilarda qon namunalarini olish va undan eritrosit va leykositlar soni, gemoglobin, umumiy oqsil, keton tanachalari miqdorlarini Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi “Veterinariya gematologiyasi” ilmiy laboratoriyasida assistentlar B.N.Xayitov va S.Asqarovlar tomonidan tekshirish jarayoni bo‘yicha ham olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Tajribali olimlar tomonidan ilmiy izlanuvchi Asqarov Saloxiddinga kelajakdagi ilmiy rejalarning bajarilishi bo‘yicha keng qamrovli ilmiy maslahatlar berildi.
Axborot xizmati
2022-05-13
2022-05-12
2022-05-17
2022-05-05