Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Zooinjeneriya fakultetining professor-o‘qituvchilarimiz Universitetning № 1-va № 2-son talabalar turar joyida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Q.Gapparov, Zooinjeneriya fakulteti dekani O.S.Boymatov, Zooinjeneriya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.B.Sayitmurotov, kafedra mudirlari va professor-oʻtituvchilari tomonidan soha olimlari bilan Ustoz-shogrt uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Q.Gapparov ochib berdi.
Zooinjeneriya fakulteti dekani O.S.Boymatov soha olimlari bilan tanishtirib, chorvachilik sohalaridan (parrandachilik, asalarichilik, qoramolchilik, baliqchilik, quyonchilik, qorako‘lchilik, ipakchilik, yilqichilik va tuyachilik) fanlari bo‘yicha qizg‘in savol javoblar asosida aziz talabalarimizga ko‘plab ma’lumotlar berib borishdilar.
“Xususiy zootexniya” kafedrasi mudiri q.x.f.f.d., v.b. dotsenti O.A.Maxmadiyarov shu kafedraning professor-o‘qituvchilaridan b.f.n., dotsent Yu.A. Ermatov va katta o‘qituvchisi q.x.f.f.d (PhD) X.A.Mamatovlar., tomonidan yetti xazinaning biri sanaladigan parrandachilik va asalarichilik sohalari bo‘yicha ularning yashash tarzi ulardan olinadigan mahsulotlari hamda inson salomatligi uchun shifobaxshligi xususiyatlari va iqtisidiy daromati bo‘yicha talabalarimiz bilan dildan suhbatlashdi.
“Yaylov chorvachiligi, qorako‘lchilik asalarichilik va ipakchilik” kafedrasi mudiri R.Ruzimuradov shu kafedraning professor-o‘qituvchilari q.x.f.f.d., (PhD) B.B.Ibragimovlar tomonidan talabalarimizga quyonchilik, qorako‘lchilik, ipakchilik, yilqichilik va tuyachilik fanlaridan ma’lumotlar berib borildi.
“Hayvonlar genetikasi, seleksiyasi, urchitish va ko‘paytirish” kafedrasi mudiri q.x.f.f.d (PhD) J.N.Xujamov shu kafedraning professor-o‘qituvchilari., tomonidan talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi, talabalarga chovachilikda genetika, seleksiya, urchitish, ko‘paytirish, naslchilik ishlari katta ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida tushunchalar berib borildi.
“Xayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi va zoogigiena” kafedrasi mudiri q.x.f.f.d v.b. dotsenti B.X.Djambilov shu kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi, talabalarga barcha qishloq xo‘jalik chorva hayvonlarining yoshiga, oziqlantirish texnologiyasiga va ratsion asosida berib borilishga hamda zoogigiena talablariga e’tibor berishligini talabalarimizga taklif va fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Uchrashuv juda ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan sohalar bo‘yicha barcha savollariga to‘liq soha mutaxasislaridan javob olishdi.
Bundan tashqari uchrashuv ko‘tarinki ruhda o‘tishi uchun talabalar tomonidan tayyorlangan she’rlar, raqslar va qo‘shiqlar ijro etildi.
Axborot xizmati
2022-05-13
2022-05-12
2022-05-17
2022-05-05