ILMIY ISHNI NIMADAN BOSHLASH KERAK

Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining I-bosqichiga qabul qilingan magistr talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda universitet rektori X.B.Yunusov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.A.Elmurodov, magistratura bo‘limi boshlig‘i Z.N.Mahammadiyevlar qatnashishdi.

Ilmiy innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish va uning natijasida oziq-ovqat xavfsizligi masalasini xal etish nafaqat respublikamizda balki butun dunyoda dolzarb vazifalardan biri deydi universitet rektori X.B.Yunusov, ushbu jarayonda sizlarning ham faol ishtirok etishingiz sharafli kasbingizni yetuk olimlik darajasiga chiqarishngizni istab qolamiz va barcha professor o‘qituvchilar bilan sizga ushbu imkoniyatlarni yaratib beramiz.

Shu bilan birga uchrashuvda ilmiy mavzu va rahbar tanlash, ishchi dastur, yakka tartibdagi rejalarni tuzush bo‘yicha ham tushunchalar magistratura talabalariga tushuntirildi.

ssuv.uz

Tadbir yakunida ushbu uchrashuv kabi ochiq davra suhbatlari rejali o‘tkazilishiga kelishib olindi.

LTR RTL