Universitet rektori, b.f.d., professor X.B.Yunusov Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni tayanch doktorantlari (PhD) va doktorant (DSc) lar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Universitet rektori mavjud 10 ta ixtisosliklarga 2023-yilda 28 nafar tayanch doktorantlar va 1 nafar doktorantlarni imtixonlardan muvaffaqiyatli oʻtib oʻqishga qabul qilinganligi bilan tabrikladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizomda doktorantlarga qoʻyiladigan talablaridan kelib chiqib faoliyat olib borishlarini hamda oʻqishning uchinchi yili yakunigacha dissertatsiya himoya qilishlari kerakligini ta’kidladi.
Universitet rektori doktorantlarga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya bilimlarning tegishli tarmog‘ida muhim ahamiyatga ega masalaning yangi yechimidan iborat yoki hozirgi kunda dolzarb ilmiy masalaning yechimiga qaratilgan ilmiy asoslangan ilmiy-texnik yoki ijtimoiy-iqtisodiy tavsiyalar ishlab chiqilgan tugallangan shakldagi ilmiy ish bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi
2022-05-13
2022-05-12
2022-05-17
2022-05-05