Joriy yilning 6 fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligida markaziy apparat mas’ullari, 130 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va prorektorlari ishtirokida kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi. Vazir I.Abduraxmonov olib borgan yig‘ilishda oliy ta’lim muassasalarining faoliyat samaradorligini tahlil qilish, zarur chora-tadbirlar hamda ustuvor vazifalarni belgilashga alohida e’tibor qaratildi. Bugun Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida unda muhokama etilgan masalalar bo‘yicha yig‘ilish tashkil qilindi. Universitet rektori, professor Yunusov boshchiligidagi yig‘ilishda sohalar prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va boshqa mas’ul mutasaddilar ishtirok etishdi.
Unda faoliyat samaradorligini tahlil qilish, zarur chora-tadbirlar hamda ustuvor vazifalarni belgilash, ichki tartib-intizom, «Odob-axloq» normalariga qat’iy rioya etilishi, iqtidorli, o‘zlashtirishi past, shuningdek, yot va radikal g‘oyalar oqimiga tushib qolgan talabalar bilan yangicha ishlash tizimini yaratish, ilmiy-innovasion faoliyat samaradorligini oshirish, shuningdek, talabalar turar joylarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘g‘risidagi ayni kundagi dolzarb masalalar muhokama etildi.
Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan, jumladan, Ta’lim tashkilotlarida ichki tartib-intizom, «Odob-axloq» normalariga qat’iy rioya etilishi to‘g‘risida, Har bir oliy ta’lim muassasidagi iqtidorli, o‘zlashtirishi past shuningdek, yod va radikal g‘oyalar oqimiga tushib qolgan talabalar bilan yangicha ishlash tizimini yaratish to‘g‘risida Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi Z.Shodmonov mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohaza va takliflarini bildirdi.
Talabalar turar joylarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘g‘risida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Gapparov ma’lumot berdi.
Professional ta’lim tashkilotlarini metodik va ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga professor-o‘qituvchilar va doktorantlarni biriktirish to‘g‘risida, Oliy ta’lim sifatini ko‘tarish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Elmurodov ma’lumot berdi va bu dasturlarni yanada takomillashtirish choralarini ishlab chiqish taklifini berdi.
Yig‘ilish yakunida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan barcha mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati
2022-05-13
2022-05-12
2022-05-17
2022-05-05