Birinchi kurs doktorantlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, professor A.Daminov va Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i v.f.f.d., PhD, O.Achilovlar 2023-yildan oʻqishga qabul qilingan tayanch doktorantlar va doktorantlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor mavjud 10 ta ixtisosliklarga 28 nafar tayanch doktorantlar va 1 nafar doktorantni imtixonlardan muvaffaqiyatli oʻtib oʻqishga qabul qilinganligi bilan tabrikladi.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizomda doktorantlarga qoʻyiladigan talablaridan kelib chiqib faoliyat olib borishlarini hamda oʻqishning uchinchi yil yakunigacha dissertatsiya himoya qilishlari kerakligini ta’kidlab o‘tdi.Shu bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining 2022-yil 16-noyabrda oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan “2023-yil uchun Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga (PhD/DSc) hamda stajyor-tadqiqotchilik institutiga oʻqishga qabul qilishda tanlovlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalarni aytib o‘tishdi.

LTR RTL