Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti o‘quv ishlari prorektori A.A.Elmurodov hamda Zooinjeneriya fakulteti dekani O.S.Boymatovlar Universitetning Nukus filialida xizmat safarini o‘tamoqda. Mutasaddilar tomonidan O‘quv jarayoni me’yoriy huquqiy hujjatlari, shuningdek 2023 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Attestatsiya - akkreditatsiya jarayonlari bo‘yicha o‘quv seminarlari tashkil etildi.
Ma’lumki, Attestatsiya - akkreditatsiya jarayoni joriy yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tadi. Hujjatlar va ichki attestatsiyalar tahlillarini 1-aprelgacha o‘tkazish vazifalari belgilangan. Har bir soha - o‘quv, ilmiy, ma'naviy va moliyaviy sohalar bo‘yicha attestatsiya jadvallarini asoslovchi hujjatlari bilan tayyorlash vazifasi belgilandi.
Filialda attestatsiya va akkreditatsiyaga tayyorgarlik yuzasidan amaliy yordam berilmoqda. Shuningdek, mahorat darslari va o‘quv jarayoni hujjatlari o‘rganilib, tegishli tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati
2022-05-13
2022-05-12
2022-05-17
2022-05-05