Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining xalqaro maydondagi nufuzi va samarali hamkorlik aloqalari xorijiy axborot resurslarida ham yuksak e’tirof etilmoqda.

Xususan, Belarus Respublikasining nufuzli oliygohlaridan biri — Grodno davlat agrar universiteti rasmiy veb-saytida Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti dekani, dotsent Voxidjon Do‘skulovning amaliy tashrifi hamda universitetimiz salohiyatiga bag‘ishlangan maqola chop etildi.


Bunday e’tiroflar Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti ning xalqaro ta’lim makonidagi obro‘si va strategik hamkorlik ko‘lami tobora kengayib bormoqda.