Top Bar

ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

“Ipak yoʻlida birga, hamkorlikda yutuqqa”: Chorvachilik va veterinariya texnikalari sanoat parki hamda koʻrgazmalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • “Ipak yoʻlida birga, hamkorlikda yutuqqa”: Chorvachilik va veterinariya texnikalari sanoat parki hamda koʻrgazmalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi
Yangiliklar

“Ipak yoʻlida birga, hamkorlikda yutuqqa”: Chorvachilik va veterinariya texnikalari sanoat parki hamda koʻrgazmalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi

 “Ipak yoʻlida birga, hamkorlikda yutuqqa”: Chorvachilik va veterinariya texnikalari sanoat parki hamda koʻrgazmalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Ipak yoʻlida birga, hamkorlikda yutuqqa” shiori ostida Oʻzbekiston va Xitoy vakillari ishtirokida rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.  


Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni amaliy loyihalar bilan boyitish, xususan, hamkorlikda chorvachilik va veterinariya texnikalari sanoat parkini tashkil etish hamda ixtisoslashgan koʻrgazmalarni yoʻlga qoʻyish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Mazkur tashabbus doirasida quyidagi ustuvor yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratildi:


Zamonaviy sanoat parkini barpo etish: chorvachilik va veterinariya tarmoqlari uchun moʻljallangan ilgʻor texnika, uskunalar hamda texnologiyalarni jamlovchi qoʻshma sanoat maydonini shakllantirish;
Xalqaro va mahalliy koʻrgazmalar tashkil etish: soha vakillari, fermer xoʻjaliklari, tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar uchun zamonaviy texnikalar namoyishi, taqdimotlar hamda ishbilarmonlik uchrashuvlarini muntazam oʻtkazish;


Taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi: universitet professor-oʻqituvchilari va talabalarining zamonaviy veterinariya hamda chorvachilik texnikalari bilan bevosita amaliyotda tanishishi uchun qulay sharoit yaratish;
Sohani modernizatsiya qilish: ilgʻor Xitoy texnologiyalari va mexanizatsiya yechimlarini joriy etish orqali tarmoq samaradorligi hamda xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqish.
Uchrashuv yakunida tomonlar sanoat parki va koʻrgazmalarni tashkil etish boʻyicha tashkiliy jarayonlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish hamda oʻzaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita
Asosiy Yangiliklar E'lonlar Murojaat Jadval Qabul KPI LMS HEMIS