Top Bar

ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

UNIVERSITETDA EKOLOGIK TASHABBUS — PLOGGING!

Yangiliklar

UNIVERSITETDA EKOLOGIK TASHABBUS — PLOGGING!

UNIVERSITETDA EKOLOGIK TASHABBUS — PLOGGING!

    Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Iqlim o‘zgarishlari va dorivor o‘simliklar” kafedrasi haftaligi doirasida Ekomedia jamoasi tomonidan plogging ekologik aksiyasi tashkil etildi.


   Aksiya Ekomedia jamoasi rahbarlari Ro‘zmetov Azizbek va Abduhafizova Feruza, hamda kafedra mas’ul professor-o‘qituvchisi Nurmurodov Do‘stmurod boshchiligida o‘tkazildi.


Tadbir davomida talabalar universitet hududini chiqindilardan tozalash, atrof-muhit ozodaligini ta’minlash va ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan amaliy ishlarda faol ishtirok etdilar.


Plogging — jismoniy faollikni tabiatni asrash bilan uyg‘unlashtiruvchi ekologik tashabbus. Uning asosiy maqsadi — nafaqat hududlarni tozalash, balki jamiyatda ekologik mas’uliyat va ongli munosabatni shakllantirishdir.
Ekomedia — tabiat ovozi, bizning ovozimiz!

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita
Asosiy Yangiliklar E'lonlar Murojaat Jadval Qabul KPI LMS HEMIS