2026-yil 17-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridagi RUDN — Patrice Lumumba nomidagi Rossiya xalqlar do‘stligi universitetida “Sivilizatsiyaning barqaror rivojlanishi yo‘lida: hamkorlik, fan, ta’lim va texnologiyalar” mavzusidagi V xalqaro ilmiy konferensiya doirasida “Bioiqtisodiyot — texnologik suverenitet va past uglerodli rivojlanish omili” mavzusida tematik sessiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda universitetimiz rektori, akademik, biologiya fanlari doktori, professor Xudaynazar Beknazarovich Yunusov “Iqlim o‘zgarishlarining O‘zbekiston bioresurslari va bioiqtisodiyotini rivojlantirishga ta’siri” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada iqlim o‘zgarishlarining cho‘llanish, tuproq degradatsiyasi, suv resurslari, o‘simlik va hayvonot dunyosi, gidrobiontlar hamda baliqchilik xo‘jaliklariga ta’siri yoritildi. Shuningdek, bioiqtisodiyotni rivojlantirish, ekologik barqarorlik va past uglerodli iqtisodiyotga o‘tish masalalari muhokama qilindi.

Konferensiyada Rossiya, Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston, Belarus va boshqa mamlakatlar vakillari ishtirok etib, bioiqtisodiyot, biotexnologiyalar, yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Mazkur xalqaro tadbir universitetning xorijiy ilmiy aloqalarini mustahkamlash, tajriba almashish va bioiqtisodiyot yo‘nalishidagi xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.