Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida universitet rektori, professor Yunusov Xudaynazar Beknazarovich ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Unda universitet talabalari hamda professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va murojaatlarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.





Muloqot davomida murojaatchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan atroflicha suhbat olib borildi.
Bunday muloqotlar universitet hayotiga oid masalalarni bevosita o‘rganish va o‘zaro fikr almashish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.